Tashkent Medical Academy Volume 3



Yüklə 42,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix02.12.2023
ölçüsü42,33 Kb.
#171441
  1   2   3   4
sharq-uyg-onish-davrida-ta-lim-va-tarbiya-masalalari



Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
156
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
SHARQ UYG‘ONISH DAVRIDA TA’LIM VA TARBIYA MASALALARI 
 
Alisher Nasrullaevich Saydullaev 
Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar bilan ishlash, ma‟naviyat va ma‟rifat 
bo„limi 
 
Shohrux Alisher o‘g‘li Nasrullaev 
Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash fakulteti tyutori
 
 
Insoniyat tarixida Sharq uyg„onish davri pedagogikasi alohida ahamiyat kasb 
etadi. Chunki, bu davr pedagogikasida axloqiy fazilatlar va ta‟lim-tarbiya 
masalalariga juda katta e‟tibor qaratilgan. Shaxs kamoloti masalasi o„sha davr
mutafakkirlarining diqqat markazida bo„lgan. Bu davrda ta‟limiy, tarbiyaviy va 
axloqiy mazmunda yaratilgan quyidagi; “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga 
erishuv haqida”, “Axloq haqida risola”, “Ishq risolasi”, “Qutadg„u bilig”, 
“Axloqi Nasriy”, “Axloqi Jamoliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Hibatul-haqoyiq”, 
“Qobusnoma”, “Guliston”, “Bo„ston”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlarda ta‟lim-
tarbiya, milliy axloq-odob borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an‟analarni 
joy-joyiga qo„yish, milliy qadriyatlarni rivojlantirish masalalariga alohida e‟tibor 
qaratilgan.
Ma‟lumki o„tgan asrlarda arab xalifaligida vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, 
ma‟naviy o„zgarishlar, Islom dinining vujudga kelishi madaniy hayotga ham o„z 
ta‟sirini ko„rsatadi. Bu ta‟sir katta ko„tarinkilik ruhini paydo qiladi va bu ruh arab 
xalifaligini, Sharqni qamrab olganligi uchun Sharq uyg„onish davri deb ataladi. Bu 
jarayon IX asrdan boshlanib, XV-XVI asrlargacha davom etadi.
Tarixiy manbalar ma‟lumotlariga ko„ra XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa 
taraqqiy etadi. Bu davrda ilm-fan rivojlanishi quyidagi uchta yo„nalishdan iborat 
bo„ladi. 
Birinchi 
yo„nalish. 
Matematika-tibbiyot 
yo„nalishi 
(matematika, 
astronomiya, kimyo, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmologiya va boshqalar) 
kiritilgan. 
Ikkinchi yo„nalish. Ijtimoiy-falsafiy yo„nalishi(falsafa, tarix, mantiq, fiqx, 
ruhshunoslik, notiqlik va shunga yaqin bo‟lgan yo‟nalishlar) kiritilgan. 
Uchinchi 
yo„nalish. 
Ta‟limiy-axloqiy 
mazmundagi
yo„nalish bo„lib unga qomusiy olimlarning asarlaridagi didaktik 
va 
axloqiy 
fikrlari 
kiritilgan. 



Yüklə 42,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin