O‘quvchilarning amaliy faoliyat sohasi yetarlicha keng bo‘lishi mumkin. O‘quv-mehnat va ijtimoiy faoliyat o‘quvchilarni keng doiradagi ijtimoiy munosabatlarga jalb qiladi, muloqot tajribasi, har tomonlama axborotlar bilan qurollantiradi. Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’ minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muhim omili sifatida aks etadi. Dunyoqarashni shakllantirishning muvafaqqiyati ko‘pincha, o‘quvchilarning o‘ qituvchiga ishonchiga asoslanadi. 3.Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari. Aqliy tarbiya ta’ lim oluvchining intellekti, bilish imkoniyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Uning asosiy vazifasi - ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ularni o‘zlashtirish natijasida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur. Aqliy tarbiya asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirishdir. Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar: