109
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy axamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida
jismoniy individual (yakkaxol) shaxs turadi. Xolbuki shunday ekan, xar bir kasb
tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun
kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan
kasb maorifini amalga
oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy extiyeji,
motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish darkor. Aks xolda umumiy
xususiyatli yo’llanma, ko’rsatma ijobiy natijada olib kelmaydi, chunki individuallik
o’ziga xos talablarni takozo etadi. Xatto oddiy
kasb maorifi xam turlicha
yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni kondirmasdan turib tub maqsadga erishib
bulmaydi.
Kasb maorifi - o’quvchilarni kasbning moxiyati bilan, xar bir kasbning shaxs
oldiga qo’yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan
axborotlar
majmuasidir. Ma’lumotlarning anikligi tulikligi, xususiy va ijtimoiy axamiyati
ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning
yoshi, jinsi, saviyasiga kura xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va
noverbal, kuzatuv va tanishuv, kurgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko’rinishlarga
ega.
Kasbiy maslahat - kasbga yo’llashning inson
ongiga chukurroq singdirish
uchun, shaxsning ishtiyoki va qobiliyatlariga xos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun
muxim obyektiv va subyektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi
(tanlovchi) extiyeji, o’qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan
xolda ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar berish jarayonidir. Maslahat uzining
maqsadga
yunalganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan tuyinganligi bilan
boshqa asosiy kismlardan keskin ajralib turadi.
Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffakiyatli ravishda egallab, uz oldiga
kuygan fukarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado
eta biladigan shaxslarni
ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko’nikmalar,
malakalarga asoslangan xolda tekshirish mezonlariga suyanib, omilkorlik bilan
okilona saralash utkaziladi.
110
Saralash jarayoni utkazilgandan kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda
kasbiy moslashish deganda, yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy
faoliyatga,
uning shart-sharoitlariga, talablariga muvaffakiyatli ravishda moslashish
(bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb moxiyatiga kirishish,
bilimlar, ko’nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun okilona usullar
tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish,
shart-sharoitlarga odatlanish,
maxorat kirralarini uzlashtirish kabi muxim kismlar moslashish tarkiblarini tashkil
qiladi.
Dostları ilə paylaş: