79
2. Tibbiyot sohasida psixologik yordam. Ijtimoiy munosabatlar sohasida
psixolog faoliyati xususiyatlari.
Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan
mashg’ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki
amaliy sohalari ham ajratiladi. Psixologiya fanida
ilmiy tadqiqotlarning
integrasiyalashuvi va differensiasiyalash jarayonlari ro’y beradi. Xususan,
psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differentsiatsiyasiga – psixologiya fanlari
qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog’lovchi
fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX
asrning ikkinchi yarmidan
boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo’lgan fiziologiya mexanizmlarini o’rganuvchi
psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik
faolligini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan
uzviy bog’langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning
alohida sohasi
bo’lib psixogigiyena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patop-
sixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar
kabi psixik jarayonlarning
izdan
chiqish
qonuniyatlarini
tadqiq
etuvchi),
neyropsixologiya
(psixik
jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o’rganuvchi) va
psixokorreksiyani o’rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi.
Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot,
pedagogik psixologiya, san’at,
sport psixologiyasi va shu kabilar)
16
;
yosh psixologiyasi (o’rganish predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari),
mehnat psixologiyasi (issleduyet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq
etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo’yicha tavsiyalar
ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini
loyihalash va ularni
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan muhandislik psixologiyasi
(«inson – qurilma» tizimida inson faoliyatini o’rganuvchi mehnat psixologiyasining
bo’limi); koinot psix-ologiyasi (koinotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning
16
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 10
80
xususiyatlarini o’rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada inson faoliyati va
shaxslararo munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi),
qiyosiy
psixologiya (o’rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va
rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi mustaqil bo’limlarga shakllandilar.
Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik
psixologiya, san’at,
sport psixologiyasi va shu kabilar);
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish psix-
ologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar);
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf
psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.).
Sohalar bo’yicha faoliyat maqsadiga ko’ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi
(yangi bilimlarga ega bo’lish va ularni qo’llash): asosiy va amaliy fanlar; tadqiq etish
predmetiga ko’ra – rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs psixologiyasi va h.k.
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga kelgan fanlar sifatida
psixofiziologiya,
neyropsixologiya, matematik psixologiya va boshqalarni keltirish
mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining
rivojlanishini tashkiliy,
muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik
psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: