75
M.F.Drobish 1850 yilda «Matematik psixologiyaning o’rganish asoslari» nomli
kitobini nashr qildirdi.
Birinchi matematik psixologiyalar psixofizika sohasida ishlatilgan (G.Fexner,
V.Vundt, F.Galton) bu materiallarda o’lchovlar orasidagi qo’zg’aluvchilar o’rtasidagi
farqlar (obyektiv stimullar), o’zgaruvchan reaksiyalarning farqlarini o’rgangan
(subyektiv sezgilar), psiometrikada ham matematik statistika qo’llanilgan (F.Galton,
K.Pirson, Ch.Spirmen, L.Terstoun), bunda psixodiagnostik ko’rsatkichlarni
tahlil
usuli orqali o’rganilgan, testlarni faktorli tahlil orqali tuzishni o’rganishgan.
Psixologiyada birinchi tadqiqotchi sifatida F.Galtonni sanab o’tishimiz mumkin
(1914). U birinchi bo’lib biologiya va psixologiyada statistik tahlilni ishlatgan.
Psixologiyaga test va savolnomalarni tahlilini kiritgan (test so’zini ham),
tadqiqotning egizak usulini yaratgan. U tomonidan sensor reaksiyalarni o’lchash
asbobi yaratilgan. 1888 yilda Galton tomonidan London akademiyasida
«Korrelyasiya va uni o’lchash, antrometrik ko’rsatkichning avzalliklari» mavzusida
ma’ruza qildi.
Galtonning g’oyasini uning shogirdi K.Pirson davom ettirdi u o’zgaruvchanlik
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni formula yordamida ko’rsatib berdi (korrelyasiya
koeffisiyenti)
14
. Pirsonning diqqat e’tibori diskret va to’xtamaydigan
muammolar
tahliliga qaratildi, bular psixologlar uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanilgan.
Pirson o’zining g’oyalari va yutuqlarini «Evolyusiya nazariyasiga matematik ta’sir»
nomli kitobida keltirib o’tgan. G. Fexner tomonidan psixofizika qonuni
psixologiyaning hamma sohalarida qo’llanila boshlandi. XIX asrning oxirida
V.Vundt sezgilarning uch o’lchamli modeli ustida ish olib bordi.
Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o’zini
kuzatish
(introspektsiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik
tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so’rovnomalar,
sotsiometriya, suhbat,
intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xrono-metriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va
bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o’z
14
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 4
76
ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat
(materialni
guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli
xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar
va boshqalarni ajratib ko’rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha
xususiyatlarining tuzilishlari o’rtasidagi aloqani o’rnatish) metodlar kiradi.
Yendi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to’liqroq
holatda ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: