64
4-MAVZU: PSIXOLOG KASBIY FAOLIYATI VA PSIXOLOGIYA
METODLARI
Reja:
1.
Psixologiyani obyektiv va subyektiv metodlarini tahlili
2.
Kuzatish metodi. Suhbat-intervyu
3.
Eksperiment metodi.
4.
Psixodiagnostik metodlar. Proyektiv metodikalar tavsifi
5.
Statistik metodlar
1. Psixologiyani obyektiv va subyektiv metodlarini tahlili
Har
bir fanda aniq, ishonchli uslublar mavjud bo’lishi kerakdir. Bu fanning
asosi bo’lib xizmat qiladi. Birinchi usul sifatida o’z o’zini kuzutish usulini
kiritishimiz mumkin. o’z o’zini kuzatish usuli psixologiya fanini boshqa fanlardan
ajratgan usullardan biri hisoblanadi. Psixologik tahlil vaqtida uchta asosiy usul
foydalanilgan
bu tizimli tahlil, eksperimental genetik, eksperimental patologik usul
deb nomlanadi. Tizimli tahlil usuli quyidagicha amalga oshiriladi: psixolog
sinaluvchining oldiga mavjud bo’lgan muammoni qo’yadi, sinaluvchi esa shuni
yechishi kerak bo’ladi. Bunda psixolog nafaqat
yakuniy natijani qayd qiladi, balki
butun tadqiqot davomida o’zini qanday tutganligini tahlil qiladi, buning yoniga
eksperimental genetik usulni kiritishimiz mumkin, bu
bolalarni tahlil qilayotgan
vaqtda katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki yuqori psixik jarayonlar uzoq muddatli
rivojlanishning maxsulidir. Shuning uchun ham psixolog uchuchn bu jarayon qanday
kechganligini kuzatish juda muhimdir. Eksperimental-genetik usul rus olimlari
tomonidan keng qo’llanilgan. Keyingi usul shaxs patololgiyasini aniqlashda
ishlatilgan. Bundan tashqari psixologik testlar usuli mavjud.
Psixologiyaning o’zining metodlari mavjud. Ilmiy tadqiqot usuli orqali
ma’lumotlar olinadi, ilmiy nazariyalar ishlab chiqiladi va ular tekshiriladi. Har
qanday fanning rivojlanishi uning metodlarining ishonchliligiga tayanadi.
Psixologiya fanida ikkita asosiy usulni ajratishimiz mumkin. Obyektiv va
subyektiv metodlar.
65
Subyektiv metodlar tekshiriluvchilarning o’zini baholashiga va o’ziga
hisobat
berishiga tayanadi. Subyektiv usullarga quyidagilar kiritiladi: kuzatish, o’z o’zini
kuzatish, so’rov
8
.
Kuzatish usuli psixologiya fanidagi eng qadimiy usullardan biri hisoblanadi, u
sodda usullardan biridir. Bu usul insonlarning rejali kuzutishi asosida amalga
oshiriladi, bunda sinaluvchilarning hayotiga aralashmasdan amalga oshiriladi.
Psixologiyada kuzatish hamma jihatlarini qog’ozga qayd qilish orqali amalga
oshiriladi. Kuzatish usulidan hamma insonlar foydalanishi mumkin. Biroq ilmiy
kuzatish oddiy kuzatishdan farqlanadi. Ilmiy kuzatish tizimli tarzda amalga oshiriladi.
Kuzatish turli xil ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Qo’shilib kuzatish bunda psixolog
voqyealar ishtirokchisiga aylanadi. Keyingi usul o’zini o’zi kuzatish hisoblanadi.
O’zini o’zi kuzatish maxsus usul bo’lib
hisoblanib, faqat psixologiya fanida
qo’llaniladi. Bu yutuqlar bilan bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, o’z
hissiyotlarini kuzatish qiyin. Ikkinchidan, o’zini o’zi kuzatishda subyektiv fikrdan
qochish mumkin emas.
Uchinchidan, o’zimizning hissiyotlarimizni ko’rsatib berish
qiyindir. O’zini o’zi kuzatish psixolog uchun juda muhimdir. O’zini kuzatish usuli
eksperiment bilan birgalikda qo’llaniladi. Bunda eksperimental o’zini kuzatish deb
nomlanadi. Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Obyektiv voqyelikning
bunday hodisalarini to’plab,
solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan
yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil
ravishda mavjud olamning obyektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega
bo’lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim,
nazariya, ta’limot deb ataladi.
Shunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo’nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli.
Ilmiy metod o’z tuzilishiga ko’ra, yondoshuvlar va muolajalar yig’indisidan iborat.
Ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar
tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar.
Dostları ilə paylaş: