Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti va predmeti bu taqsimot qonunlari, xarakteristik funksiyalar va uning xossalari haqida ma’lumotlar. Ulardan foydalanish jarayonida turli xil ta’rif, tushuncha va misollardan foydalaniladi. Kurs ishini tayyorlash jarayonida sonli xarakteristika va uning tadbiqlari o’rganilib, ularga doir misollar tahlil qilinadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Taqsimot differensial funksiyasi ta’rifini o’rganish;
Xarakteristik funksiya va uning turlarini o’rganish;
Ikki o’lchovli diskret tasodifiy miqdor ehtimolidagi taqsimot qonuni o’rganish;
Ko’p o’lchovli tasodifiy miqdorlar va ularning birgalikdagi taqsimot funksiyasini o’rganish;
Ba’zi muxim taqsimotlarni o’rganish.
Kurs ishining yangiligi va amaliy ahamiyati.Kurs ishi referativ-uslubiy xarakterga ega bo’lgani uchun ilmiy yangilik qilinmagan. Mavzuga oid bir nechta adabiyotlardan ma’lumotlarni to’plash tahlil qilish va misollarga tatbiq qilishdan iborat.
Kurs ishining uslubiyati. Kurs ishi nazariy xarakterga ega bo’lib, olingan natijalar boshqa adabiyotlar bilan taqqoslanib mavzuga oid misollarni yechishda sodda usullar keltirilgan.
I.BOB Xarakteristik funksiyalar 1.1 Taqsimot differensial funksiyasi ta’rifi Taqsimotning f(x) differensial funksiyasi deb, integral funksiyasidan olingan birinchi tartibli hosilaga aytiladi.
Keltirilgan taʼrifga koʻra, integral funksiya differensial funksiya uchun boshlangʻich funksiya boʻlishi kelib chiqadi.
Diskret tasodifiy miqdor ehtimollari taqsimotini tavsiflash uchun differensial funksiyani qoʻllab boʻlmasligini eslatib oʻtamiz.
1- xossa. Differensial funksiya manfiy emas:
. Isboti. Integral funksiya kamaymaydigan funksiya, demak uning hosilasi manfiy emas.
Bu xossaning geometrik maʼnosi quyidagicha: differensial funksiyaning grafigiga tegishli nuqtalar yo x oʻqdan yuqorida, yoki x oʻqning oʻzida yotadi. Differensial funksiyaning grafigini taqsimot egri chizigʻi deb atash qabul qilingan.