"Tasdiqlayman" Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha



Yüklə 62,35 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü62,35 Kb.
#174674
1   2   3   4
11-Mavzu Mobil O,A

3-boskich.
Yakuniy10 dal)

Yakunlash: 1 .O’quvchilarniamaliymashg’ulotbuyichabaxolarinielonkiladi (-ilova);
2.Kelgusi kasbiyfaoliyatlaridaamaliyotdabajarganishlariningaxamiyativamuximligigaO’quvchilare’tiborinikaratadi,
3. Kelgusi mashg’ulot mavzusi bilan tanishtirib uyga vazifa beradi Mavzu Asosiy vositalar bo’yicha aylanma qaydnomasi(-ilova).





Tinglaydilar.

Topshirikni yozib oladilar.


Mashg’ulot mavzusi bo’yicha uyga vazifa beriladi .

11-Mavzu: Har xil modeldagi uyali telefonlarni demontaj qilish.


Reja:


  1. Har xil modeldagi uyali telefonlar


  2. Mobil aloqa turlari


  3. Uyali aloqa: rivojlanish tarixi

4.Demontaj Qilish Uchun Maslahatlar


Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar. Hozirgi kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab chiqarilmoqda-ki, bular vazifalari jihatidan personal kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o‘yinlar o‘ynash, hatto radioeshittirish va televideniedan ham bahramand bo‘lish mumkin.
Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” mahnosini anglatadi. Funktsionalligi jihatidan cho‘ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo‘lgan mobil telefon. Bunda cho‘ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlangan.
iphone - to‘rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iphone o‘zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy funktsiyalarini ham qamrab olgan.
Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bo‘lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan i’ad) tashqi ko‘rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo‘lib, boshqa qo‘shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko‘rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to‘liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.
Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS. Mobil aloqa vositalari yordamida axborotlarni uzatish Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Bluetooth – kichik qamrov doirasiga ega bo‘lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq qurilmalari orasidagi o‘zaro muloqotni va ularning Internetga ulanishini yengillashtiradi. U, shuningdek, turli elektron qurilmalari va kompyuterlar orasida mahlumotlar almashishni osonlashtiradi. Bluetooth kichik mahlumot oqimlarini uzatish uchun mo‘ljallangan, shuning uchun mahalliy va global tarmoq texnologiyalarining o‘rnini bosa olmaydi.
SMS (Short Message Service) – qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta belgini uzatish mumkin.
MMS (Multimedia Messaging Service) – G‘RS texnologiyasiga asoslangan mulg‘timedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto videoroliqlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS-xabarlarni jo‘natish-qabul qilish uchun, MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham qo‘llashi zarur.
Uyali telefon, qoʻl telefon — simsiz telefon turi. Har bir abonent (uyali telefon apparati) muayyan bir uyali telefon kompaniyasining telefon tarmogʻidagi baza st-yaga bogʻlanadi. har qaysi baza st-yada "uyalar" boʻladi (nomi shundan). Har bir uyaga bir necha kanal biriktirib qoʻyiladi; tarmoqning katta va kichikligiga qarab uyalar soni har xil boʻladi. Mobil telefon apparati qaysi kompaniya tarmogʻining baza st-yasiga ulanganligiga qarab uning aloqa bogʻlash doirasi chegarasi har xil boʻladi. Baʼzi abonentlar faqat bir shahar doirasida aloqa bogʻlay olsa, baʼzilari boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlar bilan ham aloqa bogʻlay oladi. Butun yer kurrasini qamrab oladigan xizmat koʻrsatish zonasini faqat baza st-yalar vazifasini sunʼiy yoʻldoshlar bajaradigan Mobil telefon tarmogʻida yaratish mumkin. Mobil telefon tarmoqlarining barcha baza styalari bir-birlari bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi, shu bilan birga umum foydalanadigan simli telefon tarmogʻiga ulana olishi lozim. Shundagina qoʻl (mobil) telefon apparati egasi muqim (simli) telefon apparati egasi bilan bogʻlanishi mumkin. Bunga radiorele liniyalar yordamida, yo boʻlmasa, mis kabel yoki tolali optik telefon aloqa liniyalari yordamida erishiladi. Mobil telefon yordamida abonent boshqa abonent bilan gaplashishdan tashqari, matnli va faksimil xabarlarni, internet grafiklari va boshqalarni uzata oladi. Buning uchun Mobil telefon apparati ixcham koʻchma kompyuterga ulanadi. Telefonning tipiga qarab, maxsus modem yoki oddiy kabel (ichki dasturli modelini ulash uchun) talab qilinadi. Eng oddiy modeldagi Mobil telefon apparati ham haqiqiy mikrokompyuterdan iborat. Murakkab apparatlarda esa kompyuterlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalarni bajarish (har xil oʻyinlar oʻynash, suratga olish va uni saqlash, "telefon qilgan" boshqa abonentning raqamini qayd qilish vaqtinchalik oʻchirib qoʻyish va boshqalar) mumkin.


Yüklə 62,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin