Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati


Bir pog’onali arxitektura



Yüklə 305,9 Kb.
səhifə4/11
tarix02.01.2022
ölçüsü305,9 Kb.
#42744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Ma`ruza

Bir pog’onali arxitektura

Bir pog’onali arxitektura (peer-to-peer architecture) – bu arxitekturada axborot tarmog’ining resurslari butun tizim bo’yicha tarqalgan holda bo’ladi. Ushbu arxitektura boshqa arxitekturalardan farqi barcha tizimlarning tengligi hisoblanadi.

Bir pog’onali tarmoqlar - bu har qanday ish stantsiyasi bir vaqtning o’zida fayl serveri va ish stantsiyasi vazifasini bajarishi mumkin bo’lgan kichik tarmoqlar. Bir pog’onali LAN-larida diskdagi bo’sh joy va istalgan kompyuterdagi fayllar birgalikda foydalanilishi mumkin. Resursning umumiy bo’lishi uchun uni masofaviy kirish xizmatlaridan foydalangan holda bo’lishish kerak. Ma’lumotlarning qanday himoyalanganiga qarab, boshqa foydalanuvchilar fayllarni yaratilgandan so’ng darhol foydalanishlari mumkin. Bir pog’onali LANlar kichik ishchi guruhlar uchun yetarlicha darajada maqbul hisoblanadi (1.5-rasm).

1.5-rasm. Bir pog’onali arxitektura.


Bir pog’onali LAN-lar - bu eng oson va arzon tarmoq turi. Ular uchun tarmoq kartasi va tarmoq tashuvchisi, Windows operatsion tizimi yoki boshqalarga qo’shimcha ravishda Windows for Workgroups bo’lishi zarur. Kompyuterlarni ulash orqali foydalanuvchilar resurslar va ma’lumotlarni almashishlari mumkin.

Bir pog’onali tarmoqlar quyidagi afzalliklarga ega:



Bir pog’onali arxitekturadagi muammo, bu kompyuterlarning oflayn rejimida bo’lishidir. Bunday hollarda, ular taqdim etgan xizmat turlari tarmoqdan yo’qoladi. Tarmoq xavfsizligi bir vaqtning o’zida faqat bitta manbaga tatbiq etilishi mumkin va foydalanuvchi tarmoq resurslari qancha bo’lsa, shuncha parolni eslab qolishi kerak. Umumiy manbaga kirishda kompyuterning ish faoliyatini pasayishi seziladi. “Peer-to-peer” tarmoqlarining muhim kamchiliklari - markazlashtirilgan boshqaruvning etishmasligi.

Peer-to-peer (bir pog’onali) arxitekturasidan foydalanish bir xil tarmoqdagi terminal-host arxitekturasi yoki mijoz-server arxitekturasidan foydalanishni istisno qilmaydi.





      1. Yüklə 305,9 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin