0 ‘zbekiston mehnatkashlari tomonidan yasalgan tanklar.
mudofaa jamg‘armasiga 650 mln. so‘mdan ziyod pul, 55 kg ga yaqin
tilla va boshqa qimmatbaho buyumlar topshirdilar.
Bu mablag‘ga front uchun bronepoyezd, tank va samolyotlar yasal-
di va ular frontga jo ‘natildi.
Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati mamlakat
hududining urush hara-
katlari ketayotgan joylarida yashovchi tinch aholining bir qismini
mamlakat ichkarisiga ko‘chirdi. Shulardan bir milliondan ortig‘i
0 ‘zbekistonga keltirildi.
Yodda tuting!
0 ‘zbekistonga ko‘chirib keltirilganlarning 200 ming nafari yetim bolalar
edi.
0 ‘zbekiston xalqi ularni do‘stona kutib oldi. Ularga g‘amxo‘rlik
ko‘rsatdi va yashash uchun o ‘z uyidan joy berdi.
Oziq-ovqati va
kiyim-kechagini ular bilan baham ko‘rdi. Ko‘chirib kelingan bolalar
ning asosiy qismi bolalar uylariga joylashtirildi.
Besh yarim mingdan ortig‘ini esa bag‘rikeng, saxovatpesha o ‘zbek
xonadonlari farzandlikka oldilar. Bunday saxovatpesha o ‘zbek xona-
10 — Tarixdan hikoyalar, 5
145
donlaridan biri toshkentlik Shomahmudovlar oilasi edi. Bu oila turli
millatga mansub 16 nafar bolani farzandlikka oldi.
Ularni parvarishlab,
tarbiyalab voyaga yetkazdi. Bu hodisa o ‘zbek xalqi bag‘rikengligi,
saxovatpeshaligining yorqin namunasi edi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: