Mavzu: MILLIY KURASHDA O‘QITISH USLUBIYATI Reja: Milliy kurashda o‘qitishning maqsad va vazifalari.
Milliy kurashda o‘qitish tamoyillari
Milliy kurashda o‘qitish uslublari
Milliy kurashda o‘qitish - bu milliy kurash nazariyasi va uni o‘qitish usullari to‘g‘risidagi bilimlar kurashchining asosiy o‘ziga xos musobaqa, hakamlik, pedagogik, tashkiliy faoliyati hisoblangan ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantirishga qaratilgan maqsadli tashkil qilingan pedagogik jarayondir.
O‘qitish maqsadi shug‘ullanuvchilarda murabbiyning kasb faoliyati konsepsiyasini aks ettiruvchi bilimlar tizimini shakllantirishdan iborat. Ushbu konsepsiya bilimlar va malakalar, ilmiy fikrlash uslublari, shug‘ullanuvchilarda ongli hamda amaliy faoliyatga ijodiy munosabatni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Milliy kurash fanining o‘ziga xos sharoitlari hamda xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy vazifalar quyidagilardan iborat:
milliy kurash nazariyasi va o‘qitish uslubiyati bo‘yicha bilimlarning optimal hajmi, har tomonlamaligi va yetarlicha chuqur bo‘lishini ta’minlash;
murakkab texnik-taktik harakatlarni bajarishga o‘rgatish va takomillashtirish bilimlari, malakalari hamda ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish;
kurash bo‘yicha darslarni tahlil qilish va o‘tkazish malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;
kurash musobaqalariga hakamlik qilish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish hamda o‘tkazish bilimlari, malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda takomillashtirish.