Tarix falsafasi tushunchasi


Monistik va plyuralistik yondoshuvlar



Yüklə 112 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü112 Kb.
#191662
1   2   3   4   5
Tarix falsafasi

Monistik va plyuralistik yondoshuvlar.
Tarix falsafasining rivojlanishi jarayonida tarixiy bilishga bir qator metodologik yondashuvlar vujudga keldi. Ularning ichida monistik va plyuralistik; chiziqli va davriy; farmatsion va svilizatsion konsepsiya kabi dixotomik qarashlarni keltirish mumkin. Monistik yondashuv doirasiga marksistik talimot va postindustrial jamiyat nazariyalarini kiritish mumkin. Formatsion talimot ijtimoiy rivojlanishning ustuvor omili deb ishlab chiqarish usulini tan oladi va shu tamoyil asosida insoniyat tarixi rivojini muqarrar, birining о‘rnini boshqasi egallamay-digan besh asosiy formatsiyalar (ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, Feodalizm, kapitalizm va komunnizm) ga ajratadi. Ikkinchi talimotni post industrial jamiyat konsepsiyasi texnikani insoniyat tarixining asosiy omili, deb hisoblaydi va jamiyat tarixini birining о‘rnini keyingisi egallaydigan 3 ta bosqichga bо‘ladi, bular: an’anaviy (sanoatlashgungacha), sanoatlashgan va postsanoat-lashgan (informatsion) jamiyatlar. Plyuralistik yondashuv insoniyat tarixining birligini inkor etib, о‘zaro teng qadrli tarixiy tuzilmalarni svilizatsiyalarning mavjudligini tan oladi, shu asosda insoniyat tarixi rivojlanishining yagona taraqqiyot jarayoni ekanligini inkor etadi.
Chiziqli va davriy yondashuvlar.
Chiziqli (yoki progressistik-taraqqiyotparvarlik) yonda-shuv namoyandalari tarixiy rivoji dinamikasining asosini tashkil etuvchi umumiy qonun sifatida qabul qiladilar. Bunda muayyan mezonlarga binoan insonning barcha tabiiy imkoniyat-lari rо‘yobga chiqadigan hamda barcha ehtiyojlarni qondirilishi mumkin bо‘lgan mukammal jamiyatga yetishishning bosqichlari va davrlari belgilanadi. Bunday maqsadlar sifatida sotsialis-tik kommunistik va boshqa utopiyalar kо‘rsatiladi.
Chiziqli rivojlanish konsepsiyasiga muqobil bо‘lgan davriy pradigma namoyandalari insoniyat tarixining yagona tarixiy yoki abadiy maqsadiga qarab rivojlanishni inkor etadilar. Ularning fikricha tarix aylanma shaklda harakat qilib, oxir oqibat о‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi. Ushbu nazariyalar qatoriga madaniy-tarixiy yoki svilizatsion yondashuv ham kiradi. Unga binoan insoniyat tarixi – har biri о‘ziga xos shakllanish rivojlanish va inqiroz bosqichlariga ega bо‘lgan, о‘zaro kam aloqalar yoki umuman bog‘liq bо‘lmagan lokal svilizatsiyalardan tashkil topadi.
Hozirgi davrga kelib, formatsion va sivilizatsion yondashuvlar dixotomiyasi doirasidagi bahs-munozara keskin tus olmoqda. Ayniqsa postsotsialistik makonda bir necha о‘n yilliklar davomida hukmron bо‘lib, kelgan formatsion, marksistik yondashuvning qiyinchiliklar bilan bartaraf etilishi yorqin namoyon bо‘lmoqda.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin