Vizantiyaning oltin asri.
Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati
cho‘qqisiga
Yustinian I
imperatorligi davri (527–565)da
erishadi. U kambag‘al deh
qon oilasida tug‘ilgan. Amakisi
Yustin
oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib,
impera
torlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga ya-
qinlashtirib, uning yaxshi ta’lim olishiga sharoit yaratadi.
Amaki
sining vafotidan so‘ng Yustinian taxtga o‘tiradi.
22-rasm.
Imperator
Yustinian
32
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
Yangi imperator mamlakat hayotini islohotlar orqa-
li ancha yangi
laydi, xalqaro savdoni jonlantirib, davlat
xazinasini to‘ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham
ta’minlaydi. Yustinian I siymosida harakatchanlik, qat’iyat
bilan bir qatorda siyosatdonlarga xos ikki
yuzlamachilik,
mug‘ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan.
Yustinianning rafiqasi malika
Feodora
ham o‘z
davrida mashhur bo‘lgan. Yoshligida Feodora aktrisa
bo‘lgan. U davrda aktyorlik e’zozli kasb hisoblanma-
sa-da, Feodoraning chiroyiga mahliyo bo‘lgan Yustinian I
jamoat
chilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylangan
(Feodora aqli, shuhratparastligi, qo‘rqmasligi bilan ajralib
turgan).
Yustinian yurishlari.
Yustinian I
ning maqsadi Rim imperiyasi
ning
avvalgi hududlarini tiklash edi. U
534-yilda sarkarda
Velisariy
ni Shi-
moliy Afrikada joylashib davlat
tuzgan va O‘rta dengizda savdo ke-
malarini talash bilan shug‘ullangan
vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi
qurollangan vizantiyaliklar qo‘shini
vandallar qi rol ligini bo‘ysundirib,
Shimoliy Afrikani Vizantiya viloyatiga aylantiradilar.
Shundan so‘ng Velisariy Italiyaga yo‘l oladi. Vizantiya-
liklar Sitsi
liya orolini qiyin
chiliksiz qo‘lga kiritadilar. Lekin
Italiyada ular ostgotlarning qattiq qarshiligiga uch
raydi.
Velisariyga qarshi kurashda ostgotlar qochoq qullarga
ozodlik berib, ulardan foy
da
lanishgan. Vizantiyaliklar esa
aksincha, qulchilikni tiklashgan, har qanday aybi uchun
qulni qattiq jazolashgan. Shunga qa
ramasdan, vizanti-
yaliklar Italiya
ning katta qismini bo‘y
sundirib, poytaxti
Ravenna
bo‘lgan alohida noiblik tuzishadi.
Italiyadagi urush so‘ngida Yustinian I Ispaniyaga ham
qo‘shin yu
bo
radi. Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilar
edi. Vestgotlar qo‘shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizanti-
ya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo‘g‘ozi ustidan
nazorat o‘rnatadi.
23-rasm.
Vizantiya
qo‘shini
33
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
Dostları ilə paylaş: |