JISMONIY TARBIYA
9-SINF
2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinflarida
jismoniy tarbiya fanidan yakuniy imtihon belgilangan
kunda amaliy tarzda ushbu
tavsiya etilgan imtihon materiallari asosida oʻtkaziladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari metodbirlashmalarining yigʻilish
qaroriga
muvofiq yakuniy imtihon materiallariga 15%-20% gacha oʻzgartirishlar
kiritishi
mumkin.
Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi imtihon topshiruvchi oʻquvchilar roʻyxatini
shakllantiradi. Tibbiyot muassasalari tomonidan jismoniy tarbiya mashgʻulotlaridan
ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan oʻquvchilar pedagogik kengash
qarori bilan yakuniy imtihondan ozod etiladi. Ushbu oʻquvchilarning yakuniy ballari
oʻquv yilida (choraklar davomida) olgan baholaridan kelib chiqqan holda qoʻyiladi.
Imtihon belgilangan kunda oʻtkazilishi, konvertlari imtihon kuni ochilishi hamda
dalolatnoma, bayonnomalar imtihon jarayonida toʻldirib borilishi lozim.
Yakuniy imtihon materiallaridan nazariy savollarni chiqarilganligi sababli amaliy
sinov mashqlari bittaga koʻpaytirildi.
Yakuniy imtihonning amaliy qismini topshirish uchun sinf ikki guruhga (oʻgʻil va
qiz bolalarga) boʻlinadi. Har bir guruhdan bittadan oʻquvchi
konvertlardan birini
tortadi. Shu tortilgan konvertdagi biletda berilgan 5 ta sinov mashqlari boʻyicha oʻz
guruh aʼzolari bilan koʻrsatilgan tartibda birin-ketin topshiradi.
Qolgan konvertlar
ochilmaydi.
Oʻquvchining har bir bajargan amaliy mashgʻulotidan “5”
ballik tizim asosida
baholanadi. Oʻquvchilarning olgan ballari umumlashtirilib oʻrtacha baho chiqariladi.
Masalan: 5+4+4+3+5=21:5=4,2 yaxlitlangan holda 4 baho qoʻyiladi.
Yakuniy imtihonning amaliy qismida tibbiy xodim boʻlishi shart.
Dostları ilə paylaş: