Файл – Создать вебстраницу – Drag/Drop для вебстраниц )
Elementlar ketma-ketligi sichqoncha chap tugmasini bosish bilan
tiklanadigan topshiriqlarni yaratish uchun quyidagi ketma-ketlik
bajariladi:
Файл – Создать вебстраницу – Вебстраница для браузера yoki anjomlar panelidan mos tugma tanlanadi.
84-rasm
Soʻzda (harfda) sichqoncha chap tugmasini bosish uni natija satriga
koʻchirilishini taʼminlaydi(85-rasm).
85-rasm
Elementlar
ketma-ketligini
sichqoncha yordamida koʻchirish
mumkin boʻlgan topshiriqlarni yaratish uchun menyudan
Файл – Создать вебстраницу – Drag/Drop для вебстраниц punkti tanlanadi.
86-rasm
Talabalar harf yoki soʻzni sichqoncha chap tugmasini bosib tanlashi
va shunchaki uni natijalar satriga koʻchirib oʻtkazishi mumkin.
TheMasher. Biz yuqorida Hot Potatoes beshta sinov mashqlarini yaratuvchi
dasturdan iborat deb aytib o‘tgan edik. Lekin oltinchi dastur ham bor. Unda sinov
mashqlari yaratilmaydi. Uning vazifasi mashqlar to‘plamlarini bir yaxlit ro‘yxat
shaklini tashkil qilib, bir faylga jamlash(14-rasm).
87-rasm
Bir faylni yuklab, barcha sinov mashqlarini bajarish imkoni paydo bo‘ladi.
Ro‘yxatni o‘qituvchi shakllantiradi. Ya’ni ma’lum bob yoki paragrafga tegishli
bo‘lgan sinov mashqlarini bir faylga jamlab, uni ta’lim oluvchiga taqdim qilishi
yoki elektron darsliklarning sinov qismiga joylashi mumkin. Yaratilgan fayllar
HTML formati ko‘rinishda bo‘lganligi va aksariyat elektron darsliklar shu tilda
yaratilayotganligi sababli, mashqlarni biriktirishda hech qanday muammo
tug‘ilmaydi.[7.B.72]
Jquiz, Jcloze, Jcross, Jmix, Jmatch dasturlarida topshiriqlar yaratish jarayoni
har
biror
bir
tilni
o’rgatayotgan
pedagogning
ijodiy
fikrlashini
rivojlantiradi.Yaratilgan topshiriqlar o’quvchilar bilimini mustahkamlab, ularning
faolligini oshiradi.