Taqdimotlar muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/6
tarix10.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#142437
  1   2   3   4   5   6
6-MAVZU TAQDIMOTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI.


6-MAVZU Taqdimotlar bilan ishlash texnologiyasi.
TAQDIMOTLAR MUHARRIRLARI, ULARNING VAZIFASI VA IMKONIYATLARI.
REJA:

  1. Taqdimotlar muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari.

  2. Taqdimotlar tayyorlash va bezash

  3. Ko’rgazmalarni tahrirlash



H ar qanday mutaxassis o’zining ish faoliyati davomida hamkasabalariga yoki boshqa mutaxassislarga o’zining qilayotgan ishi yoki faoliyati xaqida, rejalari va takliflari xaqida so’zlab berish uchun ma’ruza qilishiga to’g’ri keladi. Bunday paytlarda u ma’ruzani tez, yaxshi, sifatli, tushunarli va chiroyli qilib tayyorlashi zarur bo’ladi. Ushbu muammoni xal qilish uchun u qanday dasturviy ta’minot turlaridan foydalanishi mumkin? Matn muxarriri uning barcha muammolarini hal qilib bera oladimi? Bir necha xil dasturlardan foydanish va ularning natijalarini umumlashtirish tezda kerakli echimga olib kelishi mumkinmi?
Nega «ha» va nega «yo’q» javobini berganingizni asoslab bering.
Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining WINDOWS qobig’i yordamida yaratilgan bo’lib, dastur prezentatsiyalar bilan ishlash (tanishtirish, taqdimotlar qilish) uchun eng qulay dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali xilma-xil turdagi ko’rgazmali qurollarni yaratish mumkin va ayrim joylarda esa uni ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin. Ayrim xollarda esa bu dasturda multimedia vositalarni boshqarish va ularni qo’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Bu erda asosiy tushunchalar: slayd va prezentatsiyalar hisoblanadi.
Slayd – ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqat varaqalari hisoblanadi. Ularda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Prezentatsiya – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya1-PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar qatori paydo bo’lib, unda yaratilayotgan yoki yaratilgan prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hosil bo’ladi. Bu nomni keyinchalik o’z hohishingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin