Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix14.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#74586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizim

Kompyuterli o‘qitish tizimi – bu quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beruvchi o‘quv – 
metodik va dasturiy – texnik vositalar majmuasi bo‘lib hisoblanadi: 



bilimning aniq predmet sohasini o‘rganish; 

o‘quv kurslarida ishlanmalarni qo‘llash; 

o‘quv jarayonini boshqarish va shu kabilar. 
Bugungi kunda o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llanilayotgan kompyuterli o‘qitish 
tizimini quyidagidek sinflarga ajratish mumkin: 
A) Ma’ruzani immitatsiyalovchi va o‘rganuvchi materialni bayon etishda aniq rejaga ega 
bo‘lgan ma’ruzachi tipidagi tizimlar
B) Seminar, labaratoriya mashg‘ulotlarini immitatsiyalovchi assistent tipidagi tizimlar
V) O‘rganilayotgan va yondash fanlar bo‘yicha foydalanishga mo‘ljallangan ma’lumotlar 
bazasini tashkil qiluvchi maslahatchi tipidagi tizimlar; 
G) Bilimlarning boshlang‘ich darajasini va o‘quvchining psixologik holatlarini tekshirishga 
imkon beruvchi repititor tipidagi tizimlar” [Bekmirzaev R. Fundamental fanlarni o‘qitishda 
yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi // “Tabiiy fanlarni o‘qitish muammolari” 
mavzusidagi respublika ilmiy – uslubiy anjumani materiallari. – Jizzax, 2006. – B. 175]. 
 
 
Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma – xil turlari. 
Dunyoda shunday ta’lim tizimi yuzaga kelganki, uning xilma – xil turlari mavjud bo‘lib, 
ularni ko‘pchilik “qo‘llab turuvchi, ta’minlovchi, yordamchi o‘qitish” deb ataydilar. U 
qanchalik xilma – xil bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi odamni kundalik muammolarni hal 
etishga tayyorlashga asoslangan bo‘lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo‘llab turish uchun 
mo‘ljallangan. 
Ayni vaqtda “Innovatsion” (yangilik kiritish) ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor 
berilmoqda. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin