Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Yaponiyada geografiya ta’limi jarayoni



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   149


3.5 Yaponiyada geografiya ta’limi jarayoni 
Kunchiqar mamlakati hisoblangan Yaponiyada ta’limining shakllanishi 
1867-1868 yillardan boshlangan bo‘lib, u o‘z oldiga ikki vazifani: birinchisi – 
boyish, ikkinchisi – xorij texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish 
masalasiin qo‘yadi. Bu ishni amalga oshirish uchun birinchi navbatda ta’lim 
tizimini tubdan isloh qilishga kirishiladi. Shu maqsadda 1872-yilida «Ta’lim 
haqida»gi qonun qabul qilinadi. Unda yapon ta’lim tizimi xorij mamlakatlari ta’lim 
tizimi bilan uyg‘unlashtiriladi. 1908-yildan boshlab Yaponiyada boshlang‘ich 
ta’lim majburiy 6 yillikka aylantiriladi. 1946-yilda qabul qilingan Yaponiya 
Konstitutsiyasi fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab 
bergan bo‘lib, unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari belgilab 
qo‘yilgan. Yaponiyaning hozirgi zamon ta’lim tizimi tarkibi quyidagicha: bolalar 
bog‘chasi, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy 
ta’limdan iborat. 
Bolalar bog‘chalari
. Ta’limning ushbu bosqichiga 3 – 5 yoshli bolalar 
qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta’lim 
kurslariga jalb qilinadilar. 
Majburiy ta’lim
. Ta’limning bu bosqichiga 6 yoshdan 15 yoshgacha 
bo‘lgan bolalar jalb qilinib ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang‘ich maktab va 
3 yillik kichik o‘rta maktab kursini o‘taydilar. 9 yillik bu ta’lim majburiy bo‘lib 
barcha bolalar bepul o‘qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar. 
Yaponiyada 9-sinfni bitirgandan so‘ng o‘quvchilar imtihon topshiradilar. 
Imtihon natijalariga qarab yuqori bosqich o‘rta maktabda yoki kasb-kor texnika 
maktabida o‘qishi ma’lum bo‘ladi. 
Yuqori bosqich o‘rta maktabi
. Bu maktablar ta’lim yo‘nalishining 10-12-
sinflarini o‘z ichiga oladi. Yaponiyada bunday bosqich maktablarining kunduzgi, 
kechki va sirtqi bo‘limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqichli maktablarda o‘qish 
muddati 3 yil. O‘quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda ta’lim oladilar. 
Bunday maktablarda o‘qish ixtiyoriydir. Yuqori bosqich o‘rta maktabining 
bitiruvchilari yana imtihon topshiradi va yuqori natijaga erishgan o‘quvchilar 
mamlakatning o‘ta nufuzli oliy o‘quv yurtlariga, shu jumladan, Tokio, Nagoya 
kabi universitetlarga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. 
Yaponiyada oliy ta’lim tizimini tashkil etishda kichik kollejlar, texnik 
kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlar va universitetlar muhim ahamiyat 
kasb etadi. Yaponiya ta’lim tizimi uchun «Ixtisos maktablari» va «turli» 
maktablarning mavjudligi, ya’ni ularning ko‘pchiligi xususiy bo‘lib, ular turli 
firma, konsern va sindikatlar uchun qisqa vaqtli kurslarda kasblar o‘rgatadi. Dunyo 


97 
maktablaridan farqli o‘laroq Yaponiya maktablarida o‘qish 1-apreldan boshlanib 
kelasi yilning 31-martida nihoyasiga yetadi. 
Boshlang‘ich va kichik o‘rta maktablarda o‘quv yili uch semestrga bo‘linadi: 
aprel – iyul, sentabr – dekabr, yanvar – mart. Katta o‘rta maktablarda esa o‘quv yili 
2 yoki 3 semestrga bo‘linadi. 
O‘quv yili Yaponiyada 240 kun yoki Amerika Qo‘shma Shtatlaridan 60 kun 
ko‘pdir. Darslar 7 soat. Ko‘pchilik maktablarda darslar ertalab soat sakkiz yarimda 
boshlanib uchdan keyin tugaydi. O‘quvchilar haftasiga 2-3 soat sinfdan tashqari 
klub ishlarida, 7 soat ixtisos bo‘yicha mashg‘ulotlarda yoki repetitorlar ixtiyorida 
bo‘ladilar. Yuqori bosqich o‘rta maktablarida butun o‘quv jarayonida o‘quvchilar 
80 ta sinov topshirishadi. O‘quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o‘z 
xohishlariga ko‘ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladilar. 
Yaponiya ta’limining asosiy maqsadi va mazmuni yoshlarni zamonaviy 
texnik, texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy sanoatda samarali 
ishlashga moslashtirishdir. Mamlakatda maktabga muhim ijtimoiy vazifani 
bajaruvchi, jamiyatni olg‘a siljishini ta’minlovchi dargoh deb qaralib, xalq 
tomonidan e’zozlanadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Yaponiyada ta’lim 
tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg‘unlik kasb etgan. Ibrat olsa, 
o‘rgansa arziydigan jihatlari ko‘p. E’tiborli yana bir tomoni – Yaponiyada faqat 
milliy an’analar bilan cheklanib qolmay, jahondagi Amerika, Fransiya Germaniya 
kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg‘or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy 
o‘zlashtirilgan. Shu o‘rinda Yaponiya va O‘zbekiston maktablarida geografiya 
o‘quv kurslarining mazmuni va mohiyatini taqqoslash maqsadga muvofiqdir. 
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Yaponiya geografiya ta’limi va 
O‘zbekistondagi geografiya ta’limi tuzilishida muayyan tarzdagi farqlar mavjud 
bo‘lib, u quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan: 
 
Yaponiya va O‘zbekiston maktablarida sinflar bo‘yicha geografiya kurslari 
bo‘yicha taqqoslash
6-jadval
O‘quv yili 
Yaponiya maktablarida o‘quv kurslari
bo‘yicha geografiyani o‘rganish 
O‘zbekiston maktablarida o‘quv 
kurslari bo‘yicha geografiyani 
o‘rganish 
1-sinf 
2- sinf 
3- sinf 
4- sinf 
5- sinf 
6- sinf 
Hayot haqidagi fan 
Hayot haqidagi fan 
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat. Geografiya. Yaponiyaning oziq-
ovqat va ishlab chiqarish, uning aholisi 
va hayoti 
Jamiyat Geografiya. Siyosat va hayot. 
Jahonning turli davlatlari bilan aloqalari. 
Atrofimizdagi olam 
Atrofimizdagi olam
Tabiatshunoslik 
Tabiatshunoslik
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi
Materik va okeanlar geografiyasi
 
7- sinf 
8- sinf 
9- sinf 
Jamiyat Geografiya. Jahon regionlari va 
yaponiya rayonlari
Yaponiya rayonlari va jahon regionlari
Yaponiya xalqaro hamjamiyatda 
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy 
geografiyasi 
O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi
Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy 


98 
geografiyasi 
10- sinf 
11- sinf 
12- sinf 

guruxidagi 
o‘quvchilar Jamiyat. 
Geografiya.
B guruxidagi o‘quvchilar Hozirgi zamon 
taraqqiyoti izlash 


Amaliy geografiya 


Yaponiya majburiy ta’lim va yuqori bosqich o‘rta maktablarida 
o‘rganiladigan geografiya bo‘yicha olinadigan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston maktablarida geografiya 
bo‘yicha davlat ta’lim standarti bo‘yicha beriladigan bilim, ko‘nikmalarni hosil 
qilishga qaratilgan o‘quv dasturlarining mazmun va mohiyati bir muncha farq 
qiladi. U quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan. 
Yaponiya va O‘zbekiston maktablarida geografiya bo‘yicha o‘quv dasturlarning 
mazmunini taqqoslash

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin