Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149


 
 


237 
8.11. Geografiya ta’limida onlayn loyihali metodlaridan foydalanish 
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan 
rivojlanishi o‘quv jarayoniga ketgan vaqt va masofani qisqartiradi. Bu esa ta’lim 
mazmunini tinglovchiga yetkazishda juda muhim rol o‘ynaydi. Sir emaski, o‘quv 
jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
o‘quv-bilish jarayoni sifat-samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu o‘z 
navbatida ta’lim olishga qulay muhit, imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham 
axborot-kommunikatsiyalari asosidagi o‘quv jarayonini tashkil etish keng quloch 
yozib bormoqda. Bular ichida 
Onlayn loyihali metodlari
o‘quv jarayoniga 
intensiv kirib kelmoqda. 
Onlayn loyihali metodlar
–pedagogik texnologiyalarni, talabalarning 
o‘quv-biluv jarayonlarini amalga oshirishda juda qulay va samaralidir.
Bu zayldagi texnologiyalar talabalarning bilim olishida uni izlanishga, tahlil 
qilishga undaydi, ijodiy va amaliy malakalarining rivojlanishiga juda katta ta’sir 
qiladi. 
Onlayn loyihali – o‘quv dastur loyihalari quyidagi bosqichlarda amalga 
oshiriladi: 
1.
Talabalarga yechish uchun biror muammoni yoki savolni qo‘yadiki, u 
talabadagi qiziqishni orttiradi. 
2.
Muammoning yechimini topish uchun talabalar biror gipotezani 
mustaqil ishlab chiqadi yoki yechimini topish uchun mantiqiy fikr yuritadilar. 
3.
Talabalar muammoni yechish davomida, turli manbalardan (adabiyot, 
qo‘llanma, tablitsa, grafik, karta va Internet)dan axborotlarni to‘playdilar. 
4.
To‘plangan axborotlarni o‘rganadilar, qayta ishlaydilar, qo‘yilgan 
muammoni yechish bo‘yicha xulosalar chiqaradilar. Boshqacha aytganda, 
muammo ustida mushohada yuritadilar, yechim topadilar. 
5.
Talabalar yakuniy xulosaga kelgach, yechimini tekshiradi va yangi 
gipotezalarni ko‘z oldiga keltirib, shakllantiradi. 
Shunday qilib, talabalarning 
Internet
da ishlay olishi o‘quv dasturlarini 
o‘zlashtirishda yangi resurslardan foydalanish malaka va ko‘nikmasini hosil qiladi. 
Bu holat o‘quv dasturini 
Internet
dan topish, elektron pochtalar bilan va forum 
muhitida ishlash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishni talab etadi. 
Shu o‘rinda forum nima? Forum sharoitida ishlash qoidalari, uning ish rejimi 
va uning imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz. 
Forum 
– saytda muloqot yuritish shaklidir. Forumda axborot beruvchining 
o‘z muammolari bo‘lib, u mazmunini belgilaydi. Forumlar ma’lum mavzularga 
ega bo‘ladi. Unda ishtirok etuvchi ma’lum tomon mazmunini ochishga harakat 
qiladi. Forum mazmuni, mavzulari internetda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. 


238 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin