Ta’lim vazirligi



Yüklə 73,8 Kb.
səhifə9/19
tarix01.12.2023
ölçüsü73,8 Kb.
#170546
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
” fanidan kurs ishi mavzu

Birinchidan, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida qayta ishlovchi sanoatning tez rivojlanishi va buning natijasida xalqaro savdoning tarmoqlararo tusga ega bo’lishiga olib keladi.
Ikkinchidan, fan-texnika taraqqiyoti asosida avia, suv va temir yo’l transportining yangi avlodi rivojlanishi natijasida xalqaro transport infratuzilmasi sezilarli yaxshilandi. Yuklar va passajirlarni tashish jadallashdi va arzonlashdi. Natijada mamlakatlar o’rtasida —iqtisodiy” masofa qisqardi.
Uchinchidan, so’nggi o’n yilliklarda elektronika, kibernetika va fazoviy aloqa sun’iy yo’ldoshlarimng axborot inqilobi negizidagi taraqqiyoti telekommunikatsiya sohasida juda katta burilish yasadi. Agar 1995 yil mobaynida Internet tarmog’idan foydalanganlar 20 mln.kishini tashkil etgan bo’lsa, 2003 yilga kelib, 300mln. kishiga etgan.
Zamonaviy telekommunikatsiya sistemalari, aynan, elektronikaning
rivojlanishi va uning jamiyat hayotidagi barcha sohalarga chuqur kirib borishini zamonamizning navbatdagi inqilobi sifatida ta’riflash mumkin.
To’rtinchidan, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi hamda transport va telekommunikatsiya sohasidagi inqilobiy o’zgarishlar asosida oxirgi o’n yilliklarda transmilliy korporatsiyalarning (TMK) soni tez sur’atlar bilan o’sdi.
Hozirda 80 ming TMK va ularning xorijiy mamlakatlarda joylashgan 800 ming sho’ba korxonalari jahon yalpi ichki maxsulotining 10 %, jahon eksportining esa uchdan bir qismini ta’minlab beradi.
Transmilliy kapitalning faoliyati milliy xo’jaliklar tizimi rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsata boshladi. Jahon xo’jalik tizimi asosini tashkil etuvchi 500 ga yaqin yirik TMK jahon sanoat ishlab chiqarishining deyarli yarmini, tashqi savdo aylanmasining 60%ni, yangi texnika uchun bozorlarda muomalada bo’lgan litsenziya va patentlarning deyarli 4/5 qismini nazorat qilib turadi.
Jahon iqtisodiyotning —yadro”sini tashkil etgan transmilliy kapital, asosan, rivojlangan mamlakatlarda to’plangan. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar TMKlari qatoriga bir qator rivojlanayotgan, yangi industrial mamlakatlar korporatsiyalari qo’shilgan. Buning natijasida tovarlar va xizmatlarning xalqaro oqimi faqatgina jadallashib qolmay, balki endi korporatsiyalar ichida harakat qila boshladi.
Beshinchidan, bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) xorijiy investitsiyalarning o’sib borishi. 2006 yilga kelib ularning umumiy xajmi 1,306 AQSH trln. dollarni tashkil etdi.
Bu siljishlar, ya’ni ishlab chiqarish, kommunikatsiya, savdo, xorijiy investitsiyalar va moliya sohasidagi jarayonlar jahon iqtisodiyotini bir butun umumiy vujudga aylantirdi.
Bularning hammasi jahon hamjamiyati tomonidan Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM)ning ishlab chiqilishiga sabab bo’ldi. MRM 2015 yilgacha amalga oshirilishi zarur bo’lgan 8 maqsad, 18 vazifa va 48 ko’rsatkichm o’z ichiga oladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hukumatlarining hamda xalqaro tashkilotlarning maqsadga yo’naltirilgan va o’zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari Ming yillik Deklaratsiyasida ko’rsatib o’tilgan maqsadlarga erishishning asosiy mexanizmi sanaladi.
O’zbekistonning MRMga erishish yo’lida olib borayotgan harakatlari tahsinga loyiq. Zero, mamlakatda buning uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar mavjud. Ijtimoiy yo’naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetarli tajribaga ega bo’lgan hukumat siyosiy institutlari va mexanizmlari, shuningdek, ko’p sonli xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi yo’lga qo’yilgan hamkorlik aloqalari shular jumlasidandir.
Davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning ijobiy tomonga o’zgarishiga qaramay, zamonaviy dunyo yuzma-yuz kelayotgan tahdidlar yo’qolmay, kompleksli ahamiyat kasb etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi 2015 yildan keyingi davrda BMT tomonidan 2030 yilgacha mo’ljallangan 17 ta maqsad va 169 ta vazifalardan iborat barqaror rivojlanish dasturini qo’llab-quvvatlab, barqaror rivojlanishning uchta sohasi (iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy) bo’yicha kompleks ishlarni olib borishini ma’lum qildi.
Yangi Global maqsadlar va yanada keng ko’lamli taraqqiyot dasturi - 2000- yildagidan farqli o’laroq - yanada chuqurroq islohotlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi, qashshoqlikning tub sabablarini bartaraf etib, hamma va har bir inson uchun umumiy taraqqiyot jarayonini ta’minlashga qaratilgandir.
BMTning 2030 yil Barqaror rivojlanish dasturida belgilangan 17 maqsad:

  1. Kambag‘allikni va uning barcha turdagi ko ‘ rinishlarini tugatish.

  2. Ochlik muammosini bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish hamda barqaror qishloq xo’jaligini shakllantirish.

  3. Barcha yosh davrlarida sog’lom hayot tarzini kafolatlash.

  4. Barcha uchun sifatli ta’limni kafolatlash va uzoq muddatli ta’lim olishga yo’naltirish.

  5. Jins bo’yicha tenglikni ta’minlash, ayollar va qizlar faolligini oshirish.

  6. Barcha uchun barqaror suv boshqaruvi hamda sanitariya sharoitlarini yaratish.

  7. Ishonchli, zamonaviy va arzon energiya manbalarini rivojlantirish

  8. Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, ish bilan bandlikni oshirish va ish yukini kamaytirish.

  9. Infratuzilmani shakllantirish, sanoatlashtirish va innovatsion rivojlanishni ta’minlash.

  10. Mamlakatlar o’rtasidagi tafovutni qisqartirish.

  11. Shaharlardagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash.

  12. Barqaror iste’mol va ishlab chiqarish.

  13. Iqlim o’zgarishi va uning ta’sirlari.

  14. Okean, dengiz va suv havzalari resurslaridan oqilona foydalanish

  15. Ekotizimni himoya qilish, o’rmon boshqaruvini, yer yemirilishi va bioxilma-xillikni saqlash.

  16. Barqaror rivojlanish jarayonida tinchlikni saqlash, samarali keng qamrovli institutlar faoliyatini rivojlantirish.

  17. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015- yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo’yicha o’tkazilgan sammitida qabul qilingan 70- son rezolyusiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030 -yilgacha bo’lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida —2030- yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora- tadbirlari to'g'risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 20- oktyabrdagi, 841-son qaroriga binoan 2030- yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar va “Yo’l xaritasi” tasdiqlandi.

  1. Yüklə 73,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin