Ta’lim vazirligi


GLOBALLASHUV - TARAQQIYOTNING YANGI TARIXIY DAVRI



Yüklə 73,8 Kb.
səhifə11/19
tarix01.12.2023
ölçüsü73,8 Kb.
#170546
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
” fanidan kurs ishi mavzu

GLOBALLASHUV - TARAQQIYOTNING YANGI TARIXIY DAVRI


Globallashuv - dunyo mintaqalari va mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy munobatlarini chuqurlashtirish va kengaytirishning uzoq evolyusion jarayoni.
Xo’jalik hayoti baynalminallashuvi 16-17 asrlarda ishlab chiqarish, 18-19 asrlarda ishlab chiqarishning mashinali usullarining (ular orqali xalqaro mehnat taqsimoti rolining kuchayishiga olib keldi) paydo bo’lishi xo’jalik hayoti internatsionallashuvining muhim dastlabki bosqichlaridir.
Tovarlar va xizmatlar eksportiga qo’shimcha bo’lib kapital chiqishi va 19 asr oxirida TMK va ishlab chiqarish kooperativ aloqalarining shakllanishi boshidir.
Milliy va jahon iqtisodiyotlarining baynalminallashuv darajasi ko’rsatkichlari xalqaro savdo hajmi, kapitallarning, ishchi kuchining chegaralar bo’ylab migratsiyasi va ularning umumjahon va milliy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga munosabati bilan bog’liqdir.
Globallashuv baynalminallashuvning paydo bo’lishi kabi umumjahon xususiyatga egadir. Jahon iqtisodiy hamjamiyatining butun, yagona xo’jalik tizimiga aylanishi, tovarlar, xizmatlar, investitsiyalar, ishchi kuchi va boshqa ishlab chiqarish omillari milliy bozorlarining umumlashishi globallashuv natijasidir.
Globallashuv jarayoni - umumiy bir atama bo’lib, bu jismoniy shaxslar, korxonalar, institut va bozorlar o’rtasidagi murakkab aloqalar majmuasini anglatadi va u tovarlar, texnologiyalar hamda moliyaviy mablag’lar oqimining kengayishida, shuningdek, fuqarolar jamiyati xalqaro institutlari ta’sirining, transmilliy korporatsiyalarning global faoliyatining kuchayishi va doimiy o’sishida, mintaqalararo kommunikatsiya va axborotlarning, eng avvalo internet orqali almashish miqyosining, ahamiyatli tarzda kengayishida namoyon bo’ladi.
Globallashuv jarayonining bir nechta jihatlari bilan farqlanadi. Eng kuchli bog’liqlik ayniqsa, iqtisodiy sohada namoyon bo’ladi va globallashuv jarayoni tushunchasining o’zi ham iqtisodiy omillarga yaqinlashtiriladi.
Telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi xalqaro moliya tizimidagi jiddiy o’zgarishlar bilan birga amalga oshdi. Moliyaviy landshaft an’anaviy institutsional tizimdan ustuvor telekommunikatsion tizimga qarab o’zgardi.
Yagona bir tarmoqqa bog’langan fond bozorlarining ommalashuvi ko’p miqdordagi pul mablag’larini masofaga bog’liq bo’lmagan ravishda bir lahzada ko’chirib o’tkazishga imkon yaratdi. Kishilar qayerda bo’lishlaridan qat’i nazar tezkor ravishda, bevosita moliyaviy kapitalni olishga, moliyaviy operatsiyalarni bajara olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Internet banklar uchun mijozlarni ko’paytirish vositalaridan biriga aylandi.
Globallashuv jarayoni - butunjahon tarixining qonuniy bosqichidir. U ob’ektiv bo’lib, inson-sub’ekti ongiga bog’liq bo’lmagan holda ishlab chiqarish kuchlari o’sishidagi asosga egadir.
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni, ya’ni uzviy ravishda o’zaro bog’langan bir butun jahon xo'jaligining shakllanishi tez sur’atlarda rivojlanmoqda.
Globallashuv jarayoni sharoitlarida har qanday mamlakat iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga bevosita bog’liq bo’lib qoladi. Shu sababli, milliy doiradagi iqtisodiy rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalar bevosita bir-biriga uzviy bog’lanib qoladi va aynan bir jarayonning bo’g’inlarini tashkil etadi.
Texnik o’zgarishlar, integratsiyalashuv jarayonlari, savdo va kapital harakatlarining liberallashuvi, rivojlanayotgan bozorlarning yuzaga kelishi ta’siri ostida jahon iqtisodiyoti tobora milliy iqtisodiyotni o’z domiga tortib boraveradi. Bu yerda so’z jahon savdosining kengayishi, kapitalning har xil shakldagi harakati, aholi va ishchi kuchining migratsiyasi, axborot almashinuvining chuqurlashuvi to’g’risida bormoqda.
Globallashuv jarayoni xalqaro maydonda hamkorlikni ham raqobatni uyg’unlashuvi va kuchayishi kabi birdek o’zida namoyon etadi. Bundan tashqari, raqobatlashayotgan guruhlar o’rtasidagi kurashda o’z mavqe’ini mustahkamlash bunday har bir guruh doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish va kuchlarni birlashtirishni ham talab etadi.
Ba’zi holatlarda shunday bir qiziq va mantiqqa to’g’ri kelmaydigan vaziyatlar ham yuzaga keladiki, bunda jahon bozoridagi aynan bir sub’ektlar bir sohada raqobatdosh bo’lsalar, boshqa bir sohada hamkorlik qiladilar.
Global sharoitlarga moslashuv natijasida rivojlangan mamlakatlar jahon maydonidagi o’z iqtisodiy va siyosiy holatlarini yanada mustahkamlab olish imkoniyatlariga ko’proq ega bo’ldilar, kam rivojlangan mamlakatlar (periferiya va yarim periferiyalar) esa bu imkoniyatlardan unumli foydalanish katta sayi xarakatlarni talab qilmoqda.
Globallashuv jarayonlari milliy iqtisodiy siyosatga, uning imkoniyatlarini cheklagan holda bevosita o’z ta’sirini o’tkazadi, chunki xalqaro tashkilotlar bir qator qonun, huquq va majburiyatlarni unifikatsiyalashtirish (bir xillashtirish)ga intiladilar.
Globallashuv jarayoni bu jarayonga kuchaytiruvchi ta’sir ko’rsatish maqsadida dunyo sahnasiga yangi kuchlarni yetkazib beradi va bermoqda. Globallashuv jarayoni raqobat kurashini keskinlashuvidan iborat bo’lib, bunda ustunlik nisbatan kuchliroq tarafda bo’ladi, biroq u nisbatan kam rivojlangan mamlakatlar ahvolini mustahkamlash va takomillashtirish imkoniyatlarini ham yaratib beradi.
Umuman olganda, jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini o’zaro aloqalarni chuqurlashtirishga qaratilgan va barcha milliy iqtisodiyotlarni olg’a qarab rivojlanishini ta’minlovchi bir butun jahon iqtisodiyotini shakllantirish sifatida ko’rish mumkin.
Eng muhimi shundan iboratki, milliy iqtisodiyotlarni rivojlantirmay turib to’liq miqyosdagi globallashuvga erishib ham bo’lmaydi. Bunda mamlakatni o’z manfaatlarini himoya qilish imkoniyatidan mahrum etmaslik juda muhim, balki globallashuv jarayoni davomida ularni amalga oshirishga imkon yaratib berishga yordam berish lozim.
Bu jarayon mamlakatlarning bir-biri bilan o’zaro aloqasi va bog’liqligini kuchaytirish yo’llarini avj oldirish bosqichidir.
Va nihoyat globallashuv jarayoni turli mamlakatlarning hamkorlikdagi kelishilgan qarorlarini hal etishga, jahon iqtisodiyotining yetakchilarinigina emas, balki globallashuv domiga tortilayotgan yer kurrasidagi barcha hududlarning turg’un rivojlanishini ta’minlashga intiluvchi u yoki bu ijtimoiy manfaatlarni shakllantirishga yetaklashi lozim.
Mazkur jarayon naqadar ziddiyatlarga to’la bo’lmasin, unda ijobiy va salbiy taraflar naqadar chatishib ketmasin, u baribir insoniyat taraqqiyotini, uni bir zinapoyadan boshqasiga harakatini aks ettirishini tan olish lozim.



  1. Yüklə 73,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin