Тalabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘grisida yo‘riqnoma



Yüklə 88,5 Kb.
səhifə1/6
tarix08.02.2023
ölçüsü88,5 Kb.
#83532
  1   2   3   4   5   6
Тalabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi


ТALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING REYTING TIZIMI TO‘GRISIDA YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining "Ta`lim to‘g‘risida"gi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to‘grisida"gi qaroriga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2009 yil 11 iyuldagi 204-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 10-iyulda 1981-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. U Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimining joriy etilishini tartibga soladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
2. Reyting tizimining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • talabalarda Davlat ta`lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

  • talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta`lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta`minlash;

  • fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

  • talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari va elektron manbalardan samarali foydalanishni tashkil etish;

  • talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma`lum qilish;

  • talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta`minlash;

  • o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga, ya`ni ma`lumotlar bazasini shakllantirishga sharoit yaratish.

3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
4. Fanlar bo‘yicha reyting nazoratlari jadvali har bir prof-o‘qituvchi tomonidan fan dasturi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nazorat turi, soni va ularni o‘tkazish muddatlari, baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan holda ishlab chiqiladi.

Yüklə 88,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin