Tahlilning potensiometrik usuli. Voltampermetriya. Reja



Yüklə 0,5 Mb.
tarix20.02.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#85132
soha atrabotka ma\'ruza 30.03.21


Tahlilning potensiometrik usuli. Voltampermetriya.


Reja:
1. rN-o‘lchov o‘zgartirgichlari
2. Potensiometrik usul.


Potensiometrik usul muayyan indikator elektrodlar hosil qilgan EYuK ni o‘lchash yo‘li bilan ionlar konsentratsiyasining aniqlashga asoslangan. Bu yerda, konsentratsiyani bevosita potensiallari farqini o‘lchash bilan aniqlash mumkin.
Texnologik jarayonlarda eritma konsentratsiyasi, ko‘pincha, rN ning qiymati bo‘yicha o‘lchanadi: agar rN<7 bo‘lsa, kislotali; rN = 7 bo‘lsa, neytral; rN>7 bo‘lsa, ishqorli eritma bo‘ladi.
Avtomatik asboblarda rN ni o‘lchash uchun elektr usuldan foydalaniladi. U tekshirilayotgan eritmaga botirilgan, shishadan tayyorlangan o‘lchash elektrodining eritma rN qiymatiga ko‘ra elektrod eritma chegarasida potensiallar farqini o‘zgartirishiga asoslangan. Biroq, faqat bitta elektrod va eritma o‘rtasidagi potensiallar farqini o‘lchab bo‘lmaydi, chunki o‘lchash asosi ulanganida asbobni eritmaga ulaydigan o‘tkazgich bilan eritma orasida ham potensiallar farqi hosil bo‘lib, u ham eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli elektrod potensiallarini o‘lchashda o‘lchash elektrodi bilan bir qatorda yordamchi elektroddan ham foydalaniladi, uning potensiali o‘zgarmas bo‘lib, eritmaning hossalariga bog‘liq bo‘lmaydi. Yordamchi elektrod sifatida kalomel yoki kumush xlorid qoplangan elektrodlar ishlatiladi.
Har ikki elektrod galvanik element hosil qiladi. Suvli eritmalarga tatbiq etiladigan Nernst tenglamasiga ko‘ra bunday galvanik elementining EYuK i, agar yordamchi elektrodning potensiali nolga teng bo‘lsa, quyidagi ifodadan aniqlanadi:

ye =-2,3 (RT/F)∙rN, (25,1)


bu yerda R — universal gaz doimiysi; T — eritmaning mutloq harorati, 0K; G‘ - Faradey soni.


(25,1) tenglama shuni ko‘rsatadiki, shisha elektrodning EYuK eritmaning rN miqdoriga va uning haroratiga bog‘liq ekan. Eritmaning harorati o‘zgarmas bo‘lganida, shisha elektrodning EYuK faqat eritmaning rN miqdori funksiyasidan iborat bo‘ladi. Bu tenglamaga R, T va G‘ ning son qiymatlarini qo‘yib, 20°S uchun shisha elektrodning potensiali qiymatini (V hisobida) topamiz.

ye = -0,0581 ∙ rN. (25,2)


2 5,1-rasmda tekshirilayotgan eritma 10 ga tushirilgan shisha 1 va kalomel elektrodlar 7 dan foydalanilgan holda eritmaning rN miqdorini o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Ulardan hosil bo‘lgan potensiallar farqi eritmaning rN miqdoriga mutanosib bo‘lib, potensiometr 4 bilan o‘lchanadi. Shisha elektrod shisha naychadan iborat bo‘lib, uchi elektrod shishasidan yasalgan yupqa devorli (0,1—0,2 mm) ichi kavak zoldir kavsharlab qo‘yilgan. Zoldirga rN miqdori ma'lum bo‘lgan eritma 3 to‘ldirilgan bo‘lib, eritmaga esa kumush xlorid qoplangan kontaktli yordamchi elektrod 2 botirilgan, u zoldirning ichki sirtida potensiallar farqini olish uchun xizmat qiladi. Shisha elektrodlarning xususiyati shundan iboratki, ularning ichki elektr qarshiligi juda katta bo‘lib, 20°S da 100—200 mOm ga yetadi.
Kalomel elektrod 7 dielektrikdan tayyorlangan, ichiga kimyoviy toza simob 5 to‘ldirilgan bo‘ladi. Uning ustida yomon eriydigan kalomel pastasining qatlami 6, to‘yintirilgan kaliy xlorid eritmasi 8 joylashtirilgan. Elektr kontakt hosil qilish uchun kam o‘tkazadigan to‘siq 9 o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali kaliy xlorid asta-sekin sizib o‘tadi va bu bilan tekshirilayotgan eritmadan yordamchi elektrodga chet ionlar o‘tib qolishining oldini oladi. Shunday qilib, shisha va kalomel elektrodlardan iborat rN- metrning elektr zanjiri ketma-ket ulangan elementlar qatoridan tashkil topgan bo‘lib, ularning potensiali o‘lchash asbobi qayd etadigan yig‘indi EYuK ni beradi:

EΣ=E1+E2+E3+Ex , (25,3)


b u yerda ye1 — kumush xlorid qoplangan kontaktli elektrod bilan xlorid kislota orasidagi potensialning keskin o‘zgarishi; ye2 — xlorid kislota eritmasi bilan shisha elektrod zoldirsi ichki yuzasi o‘rtasidagi potensialning o‘zgarishi; ye3—simob bilan kalomel o‘rtasidagi yordamchi elektroddagi potensialning o‘zgarishi; yex — shisha elektrod zoldirsi tashqi sirti bilan tekshirilayotgan eritma o‘rtasidagi potensialning o‘zgarishi.
ye1, ye2 va ye3 kattaliklar nazorat qilinayotgan eritmaning tarkibiga bog‘liq bo‘lmaydi va faqat haroratga qarab o‘zgaradi. Shisha elektrod zoldirsining tashqi yuzasida .hosil bo‘ladigan elektr yurituvchi kuch yex eritmaning rN miqdori va temperatirasi bilan aniqlanadi hamda (25,3) tenglama bilan hisoblanishi mumkin. Binobarin, rN-metr elektr zanjirining yig‘indi EYuK ma'lum harorat uchun tekshirilayotgan eritmadagi vodorod ionlari aktivligining funksiyasidan iboratdir. Bu EYuK ni o‘lchab tekshirilayotgan eritma uchun rN kattalikni topish mumkin.
Nazorat qilinayotgan eritmaning harorati o‘zgarganida shisha elektrodning elektrod potensiali o‘zgaradi. Buning natijasida eritmaning turli haroratlaridagi aynan bir xil kattalikdagi rN larga elektrod tizimining turli qiymatlari mos keladi.
25,3-rasmda elektrod tizimi EYuK ning nazorat qilinayotgan eritmaning turli haroratlaridagi rN lariga bog‘liqlik xarakteri ko‘rsatilgan. Eritmaning harorati ortishi bilan tizim tavsifining tikligi oshadi. Izopotensial nuqta deb ataladigan A nuqtada to‘g‘ri chiziqlar kesishadi va demak, elektrod tizimining EYuK eritmaning haroratiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu nuktada eritma haroratining shisha elektrod ichki va tashqi potensiallariga ta'siri o‘zaro kompensatsiyalangan. Izopotensial nuqtaning yei va rNp bilan belgilangan koordinatalari elektrod tizimining eng muhim tavsiflari hisoblanadi, ularga rN- metrning harorat kompensatsiyasi sxemasini hisoblashda amal qilinadi.
Sanoat rN- metrlarida o‘lchash elektrodi va yordamchi elektrod bitta korpusda joylashtiriladi va sig‘imlarda o‘rnatiladigan, botirib qo‘yiladigan datchiklar tarzida yoki quvurlarda o‘rnatiladigan, oqar suvda turadigan datchik tarzida tayyorlanadi. rN zanjirning EYuKini o‘lchashda odatda kirish qarshiligi katta bo‘lgan avtomatik potensiometrlardan foydalaniladi, ularning shkalasi rN birliklarida darajalanadi. Tekshirilayotgan eritmalarning harorati keng chegaralarda o‘zgarib turganida o‘lchash tizimida eritma haroratlarining o‘zgarib turishini avtomatik kompensatsiyalovchi qurilma bo‘lishi kerak.
A sbobsozlik sanoatida ishlab chiqariladigan rn- metrlarning eng ko‘p tarqalgan turlariga rN-201 va rN-261 xillari kiradi. Ularning o‘lchash o‘zgartkichlari o‘zgarmas kuchlanish bo‘yicha 0—50 mV va tok bo‘yicha 0—5 mA chiqish signallariga ega bo‘ladi. Bu esa ularning avtomatik potensiometrlar, nazorat qilish va rostlash qurilmalari bilan birgalikda ishlashga imkon beradi.
RN- metrning komplekti rN-201 eritmalarida vodorod ionlari aktivligini o‘lchash, qayd etish hamda rostlash uchun mo‘ljallangan. rN-metrga oqar suvda turadigan datchik — sezgir element DM-5M shisha va kumush xlorid qoplangan elektrodlar bilan, yuqori chastotali sanoat o‘zgartkichli P-201 va o‘ziyozar potensiometr KSP-2 kiradi.
Sanoat o‘zgartkichi P-201 rN larni o‘lchashda qo‘llaniladigan elektrod tizimlarining sezgir elementlari EYuK ni unifikatsiyalangan o‘xshash elektr signallariga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. O‘zgartkich ko‘rsatuvchi asbob Ml730 A (yoki M325) bilan jihozlangan. O‘zgartkich chiqish toki bo‘yicha manfiy teskari aloqa bilan qamrab olingan o‘zgarmas tok kuchaytirgichidan iborat, bu esa katta chiqish qarshiliklari olishga imkon beradi. P-201 o‘zgartkichi bilan elektrod tizimining EYuK ini o‘lchash sxemasi 6.25-rasmda ko‘rsatilgan. Elektrod tizimining o‘lchanadigan EYuK yex teskari ishorali Uchik kuchlanish bilan taqqoslanadn. Bu kuchlanish rezistor R dan kuchaytirgichning chiqish toki Ichik o‘tayotganida kuchlanish tushuvi natijasida hosil bo‘ladi. Binobarin, elektron kuchaytirgich EK ning kirishiga Ukip = Ex-Uchik kuchlanishlar ayirmasi beriladi; bu yerda,n

EΣ=Uchiq+Ukir .


Elektron kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti (u kuchaytirgich chiqish kuchlanishining kirish kuchlanishi nisbatiga teng) qiymati ancha katta bo‘lganida Uchiq>> Ukir bo‘ladi, shuning uchun Ukip ning qiymatini hisobga olmasa ham bo‘ladi. U holda

EΣ=Uchik=Ichik∙R.


Shunday qilib, rezistor orqali o‘tayotgan tok kuchi amalda elektrod tizimida hosil bo‘ladigan EYuK ga mutanosib bo‘ladi. Uning kattaligini o‘lchab, yex ning va binobarin, eritma rN miqdorini aniqlash mumkin.
O‘zgartkichda o‘lchash chegaralari 10 dan 100 mV gacha bo‘lgan o‘ziyozar potensiometrlarni ulash uchun kuchlanish va tok bo‘yicha chiqishlari bor. Harorat kompensatsiyasi 0 dan 100°S gacha. Sezgir elementdan o‘zgartkichgacha yo‘l qo‘yiladigan eng katta masofa 150 m. Chiqish signallari o‘zgarmas tok bo‘yicha 0—5 mA; o‘zgarmas tok kuchlanishi bo‘yicha 0 dan (10—100) mV gacha. Ko‘rsatishlarni aniqlash vaqti 10 s.rN-201 asbobida rN sonlarini o‘lchashning besh chegarasi bor: 1; 2,5; 5; 10; 15. Elektr chiqish signallari bo‘yicha asosiy xatolik ±1%. ko‘rsatuvchi asbob bo‘yicha ±2%.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:
Asosiy adabiyotlar:
1. Yusupbekov N.R., Muxamedov V L., G’ulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni
nazorat qilish va avtomatlashtirish. -Toshkent: 0 ‘qituvchi, 2011. 2. Yusupbekov H.P., Muxamedov B.E., Eulomov SH.M. Texnologik jarayonlarni boshkarish sistemalari. -Toshkent: Ukituvchi. 1997.
3. Alan S. Moris, Reza Langari. Measurement and Instrumentation. -UK: Academic Press, 2016.
4. www.ziyonet.uz
5. www.elibrary-book.ru
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin