Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholini



Yüklə 99,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix20.11.2023
ölçüsü99,39 Kb.
#162288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
181-189



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-22, Issue-1, November - 2022
 
181
TABIIY XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINI 
TO‘G‘RI HARAKAT QILISHGA O‘RGATISH 
 
Abduraxmonova Sayyoraxon Ro‘zaliyevna 
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchisi 
Annotatsiya:
Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i 
yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga 
hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin 
bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat 
natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat. 
Kalit so‘zlar:
Sel, dovul, texnologik texnogen kommunikatsiya
Kirish: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Texnogen, tabiiy va 
ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida” 455-sonli qaroriga 
(1998 yil 27 oktyabr) asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga 
(manbalariga) ko‘ra Texnogen, Tabiiy va Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga 
bo‘linadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar 
miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab Lokal, Mahalliy, 
Respublika va Transchegara turlariga bo‘linadi. 
TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR1. Geologik xavfli 
hodisalar:- odamlar o‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik 
asbob-uskunalarning, 
energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va 
infratuzilma tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha 
darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga 
olib kelgan zilzilalar; 
Zilzila - yer qobig‘ida yoki yuqori mantiyadagi to‘satdan surilishlar va yorilishlar 
oqibatida yuzaga keladigan va bikr to‘lqinlar ko‘rinishida uzoq masofalarga 
uzatiladigan yer osti silkinishlari va yer usti tebranishlari.Zilzila kuchi 12 balli seysmik 
shkala (MSK-64) bilan o‘lchanadi. Zilzilaning energetik tasnifi uchun magnitudadan 
foydalaniladi. Zilzila shartli ravishda kuchsiz (1-4 ball), kuchli (5-7 ball) va vayronalik 
keltiruvchi (8 va undan ortiq ball) silkinishlarga bo‘linadi. Zilzilaning tektonik, vulqon 
va o’pirilish turlari mavjud.Tektonik zilzilalar barcha yer silkinishlarining 80-85% ni 
tashkil etadi. 
- odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli 
hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash 
uchun ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli 



Yüklə 99,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin