Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 428,12 Kb.
səhifə1/8
tarix03.06.2023
ölçüsü428,12 Kb.
#124562
  1   2   3   4   5   6   7   8
BO\'G\'IM OYOQLILARNING KENG TARQALISH SABABLARI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI


_______________________________YO‘NALISHI
____-kurs ____ - guruh talabasi


__________________________________________ning


_________________________________ fanidan


KURS ISHI


Mavzu: __________________________________________________________
___________________________________________________
Topshirdi: __________ ___________________________
Qabul qildi: __________ ___________________________
2022-2023-o‘quv yili
BO'G'IM OYOQLILARNING KENG TARQALISH SABABLARI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………3
I.BOB.BО‘G‘IM OYOQLILAR TIPIGA UMUMIY TAVSIF
1.1.Bо‘g‘im oyoqlilar sistematikasi………………………………………………5
1.2.Yuqori qisqichbaqasimonlarning asosiy turkumlari………………………....11
II.BOB.BO'G'IMOYOQLILARNING KENG TARQALISHI
2.1 Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi………………………………………16
2.2.Qalqondorlar (Notostraca) kenja turkumi …………………………………..24
Xulosa……………………………………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………..31
KIRISH
Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda ilm-fan sohasidagi eng muhim vazifalar muhokama qilindi.
2020-yil mamlakatimizda Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi.
B. tanasidagi har bir boʻgʻim dastlab bir juftdan nayga oʻxshash oʻsimtaga ega boʻlgan, keyinchalik bu oʻsimtalar jagʻlar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, soʻrgʻichlar, oʻrgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yoʻqolib ketgan. B. jabra, traxeya yoki oʻpka orqali nafas oladi. Birlamchi ovqat hazm qilish sistemasi ektodermadan hosil boʻlgan oldingi va keyingi ichakdan, endodermadan hosil boʻlgan oʻrta ichakdan hamda ular bilan bogʻlangan soʻlak va hazm bezlaridan iborat. Ayirish organlari kelib chiqishi va funksiyasiga koʻra, halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga oʻxshash boʻlgan antennal, koksal va maksillar bezlar — selomoduklardan yoki ichak oʻsimtalari — malpigi naychalaridan iborat. Qon aylanish sistemasi ochiq, qon aylanish organlari har xil darajada rivojlangan. Nerv sistemasi gangliylarning qoʻshilishidan hosil boʻladigan bosh miya va qorin nerv zanjiridan iborat. Qorin nerv zanjiridagi nerv gangliylari tana boʻgʻimlarining oʻzgarishiga moye holda turli darajada konsentratsiyalashgan boʻladi. Koʻpchilik B.ning yaxshi rivojlangan sezgi organlari, jumladan murakkab fasetkali koʻzlari, har xil mexano va xemoreseptorlari, eshitish, muvozanat saqlash, ovoz chiqarish organlari boʻladi.
Deyarli barcha B. ayrim jinsli. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy yoʻl bilan (baʼzan partenogenez) koʻpayadi. Koʻpchilik turlari metamorfoz orqali rivojlanadi. Qattiq tana qoplogʻichi B.ning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi. Shuning uchun B. faqat eski xitin qoplogʻichni tashlash (tullash), yangi xitin pust hosil qilish orqali oʻsadi. Tana boʻshligʻi aralash tipda (miksotsel). Muskullari toʻptoʻp boʻlib joylashgan. Koʻpchilik B.ning yuragi naysimon, koʻp kamerali, qoni tana suyuqligiga oʻxshash boʻlib, gemolimfa deyiladi. B. tipi 4 ta kenja tip: trilobitasimonlar (qazilma holda uchraydigan yagona trilobitlar sinfi), jabra bilan nafas oluvchilar (yagona qisqichbaqasimonlar sinfi), xelitseralilar (qilichdumlilar, oʻrgimchaksimonlar sinflari), traxeyalilar (koʻpoyoqlilar, hasharotlar sinflari) ga boʻlinadi. 2 mln.ga yaqin turi bor. Yerda mavjud boʻlgan hamma yashash muhitlarini egallagan. B.ning quruqlikda yashashga va havoda uchishga moslanishi hayvonot dunyosida sodir boʻlgan eng muhim oʻzgarishlardan biri hisoblanadi. B. biosferada beqiyos katta ahamiyatga ega. Koʻpchilik ekosistemalardagi tirik organizmlarning asosiy qismini tashkil etishi, xilmaxil oziqlanishi tufayli B. tabiatda moddalar aylanishi jarayonini amalga oshiradi. B. oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun xom ashyo manbai sifatida ham katta ahamiyatga ega. B. orasida organik qrldiqlarini oʻzlashtirib, tuproq hosil boʻlishi jarayonida faol ishtirok etadigan; odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan va kasallik tarqatadigan; gullarni changlatib, oʻsimliklarning hosildorligini oshirishga imkon beradigan; qishloq xoʻjaligi ekinlarini yeb, zararkunandalik qiladigan turlari ham koʻp.



Yüklə 428,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin