4.Fitonsid va fitoaleksinlarni o‘simlik hayotidagi o‘rni
FITONSIDLAR.O‘simliklar tarkibidan ajraladigan va bakteritsidlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar fitonsidlar deyiladi. Bu moddalarni ilk bor o‘rgangan B.P.Tokin ularga fitonsid ( rhutop — o‘simlik, soedege — o‘ldirish) deb nom bergan. Fitonsidlar o‘simlik hayotida katta ahamiyatga ega, o‘simliklarni zararkunanda mikroorganizmlar, xasharotlar, zamburug‘lar va sodda xayvonlardan ximoya qiladi. Bu moddalar kimyoviy jixatdan xilma-xil tarkibga ega, ammo shunga qaramay hamma o‘simliklar uchun umumiy xususiyatta ega bo‘lgan tabiiy immunitet hosil qiluvchi omildir.. Ayniqsa, fitonsidlar sarimsoqpiyoz, evkalipt, qarag‘ay, archa, yong‘oq daraxtlari tarkibida ko‘proq mavjud. Ayrim daraxtlarning bargidan fitonsidlik xususiyatiga ega bo‘lgan gazsimon moddalar ajralib chiqadi
FITOALEKSINLAR.O‘simliklar immunitetida muxim ahamiyatga ega. Kichik molekulali o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlarning faoliyatini to‘xtatuvchi murakkab organik birikmalardir. Bu moddalar ayrim xususiyatlari bilan fitonsidlardan farq qiladi. Ular faqat patogen mikroorganizmlar zararlagan yuqori o‘simliklar to‘qimasida hosil bo‘ladi. YA’ni fitoaleksinlarning hosil bo‘lishini tezlashtiradigan modda parazitning sporasi yoki mitsellasi tomonidan ajratiladi. Fitoaleksinlar kimyoviy jixatdan izoflavonoidlar, seskviterpenlar, polipeptidlar hosilalari hisoblanadi va Hozirgacha 20 ga yaqini o‘rganilgan.