Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 413-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan.
Sug’urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda majburiy sug’urtaning quyidagi turlari
amalga oshiriladi:
- harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy
askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat
majburiy
sug’urtasi;
- soliq organlari xodimlarining davlat majburiy
sug’urtasi;
-
davlat sud ekspertlarining hayoti va sog’lig’ini davlat
tomonidan majburiy sug’urta qilish;
-
sudyalarning hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy
sug’urta qilish;
- Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti
mablag’lari hisobidan qurilayotgan ob’ektlardagi qurilish risklarini
majburiy
sug’urtasi;
-
xavfli ishlab chiqarish ob’yektiga ega korxonalarning xavfli
ishlab chiqarish ob’yektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa
shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof
muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish;
- transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish;
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta
qilish;
-
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish.
Majburiy
sug’urta qonun asosida joriy etiladi. Majburiy davlat
sug’urtasi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan, majburiy sug’urta
esa yuridik yoki jismoniy shaxsni
ng o’z mablag’lari hisobidan amalga
oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-
mulkini sug’urta qilish,
fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish, xorijga chiquvchi
fuqarolarni sug’urta qilish, tibbiy sug’urta, uzoq muddatli hayotni
sug’urtalash, yuklarni sug’urtalash kabi sug’urta turlari ixtiyoriy
shaklda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: