Suvdan foydalnishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga joriy etish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145967
1   2   3   4   5   6
SUVDAN FOYDALNISHDA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH YO\'LLARI

- ochiq suv havzalari uchun 100 m. Suvni ikkala qirg’og’iga inspektorlik 
yo’llari qilinadi, shahar doirasida esa qirg’oqlar qo’shimcha 
ravishda
obod qilinadi: 
- o’zanli va suv qo’yilib turadigan suv ombori uchun 300 m chor atrofi 
muhofaza qilinadi: 
- arteziyan quduq uchun foydalaniladigan ayrim quduqlar, buloqlar va 
chashmalar yoki yer osti suvlari usti 30 m radiusda suvga chidamli 
materiallar bilan yopiladi, maydoni kamida 0,25 ga bo’ladi; 
- ayrim quduqlar uchun yer osti suvi yoki infiltratsion suvdan 


foydalanganda 30 m radiusda usti yopiladi, maydoni kamida 0,75 ga
bo’ladi. 
Ayrim rayonlarda, masalan, yirik shaharlar yoki korxonalarda qishloq 
xo’jaligida zaxarli ximikatlar ko’p ishlatilganda sanitariya nazoratining 
tegishli organlari talablariga ko’ra, bu zonalar kengaytirilishi mumkin.
SHuningdek, yuqorida ko’rsatilgan «Davlat suv xo’jalik 
nazorati»ning suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi 
vazifalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 24 maydagi 
Farmonida belgilab berilgan. 
«Davsuvxo’jaliknazorat» davlat nazorat organi hisoblanib, quyidagi 
asosiy vazifalarni hal etilishini ta‘minlaydi: 

katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlaridan 
foydalanishda ularning ishochli texnik holatini ta‘minlash 
ustidan nazoratni amalga oshirish hamda bexatar ishlashini 
ta‘minlash; 

-katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlarining 
bexatarligi mezonlari hamda qoidalarini ishlab chiqishni tashkil 
qilish va tasdiqlash; 

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va 
alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlari texnik holatining 
ishonchliligi hamda bexatar ishlashini ekspertizadan o’tkazish; 

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va 
alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlari texnik holatining 
ishochliligi hamda bexatar ishlashini ekspertizadan o’tkazish; 



tegishli vazirliklar va idoralar bilan birga bog’liq 
hodisalarni oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqish; 

katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlarni qurish va 
qayta qurish loyihalarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish, 
ularni barpo etish sifati va foydalanishga qabul qilinishi ustidan 
nazoratni amalga oshirish; 

tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va 
alohida muhim davlatlararo hamda chegara bo’yi suv xo’jaligi 
ob‘eklaridan puxta va bexatar foydalanish masalalarining 
Markaziy Osiyo davlatlari bilan bartaraf etilishini ta‘minlash;

katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlaridan 
foydalanishda 
ularning 
ishonchlitexnik 
holatini 
oshirish 
masalalarini ko’rib chiqish hamda ularni O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 
«Davsuvxo’jaliknazorat» ning o’z vakolatlari doirasida qabul qilingan 
qarorlari vzirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar, 
korxonalar, muassalar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan ijro etish uchun majburiy hisoblanadi. 
Suv qonunchiligi va ushbu talablarni bajarmaslik suvdan xo’jasizlarcha 
nooqilona foydalanish deb hisoblanib, uni muhofaza ailishni xuquqiy 
tartibini buzish deb qarash mumkin. 
Basharti, foydali qazilmalar konlarini qidirish, ularni o’rganish va 
ulardan foydalanish bilan bog’liq burg’ilash hamda boshqa kon qidiruv 
ishlarini bajarish chog’ida yer osti suvlari bor qatlamlar aniqlangan 


taqdirda bu haqda tabiatni muhofaza qilish, suv xo’jaligi organlariga 
ma‘lum qilinishi hamda belgilangan tartibda yer osti suvlarini muhofaza 
qilishga qaratilgan chora tadbirlar qurilishi lozim. Basharti, sanoat oqova 
suvlarini oqizish uchun qaziladigan quduqlar suvli qatlamlarni 
ifloslantirish manbaiga aylanishi mumkin bo’lsa, bunday quduqlar 
qazish hollari man etiladi. 
O’z-o’zidan suv chiqarib, suvni foydalanish uchun yaroqsiz 
bo’lgan quduqlarga suvni boshqarish uskunalari o’rnatilishi, ular 
qonunlardan belgilangan tartibda to’xtalib qo’yilishi yoki tugatilishi 
lozim.
Sifatli yer osti suvlari to’planadigan manbalar hududida qattiq va 
suyuq chiqindilar to’plash, axlatxonalar barpo etish, yer osti suvlarining 
ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli bo’lgan sanoat, qishloq xo’jalik 
ob‘ektlari va boshqa ob‘ektlar qurilishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Yer osti suvlarini muhofaza qilish chora tadbirlarini qurish, shu 
jumladan quduqlarni kuzatish tarmog’ini yaratish faoliyati yer osti 
suvlarining holatiga ta‘sir ko’rsatuvchi korxonalar tomonidan amalga 
oshiriladi. Qonunning 102 – moddasida quyidagilar ta‘kidlanadi: 
xo’jalik faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy ta‘sir 
ko’rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo’jaliklari
suv xo’jaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suvni, 
uning musaffoligi va sifatini saqlash chora tadbirlarini qurishlari lozim. 


Yuqoriladigan ko’rinib turibdiki, suvni xuquqiy muhofaza qilish, 
suv xuquqi me‘yorlari bilan hamda boshqa xuquq me‘yorlari bilan ham 
tartibga solinadi. 
Suvni muhofaza qilish, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
«Tabiatni muhofaza qilish», «O’rmon to’g’risida»gi, «Yer kodeksi», 
«Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida»gi, «Ekologik 
ekspertiza», «CHiqindilar to’g’risida»gi qonunlar hamda Mehnat, 
Fuqarolik, Jinoyat va ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslar bilan 
tartibga solinadi. 
Bulardan tashqari, suvdan foydalanish maqsadiga qarab, «Fermer 
xo’jaligi»; «Dehqon xo’jaligi», «Qishloq xo’jalik kooperativlari 
to’g’risida»gi qonunlari bilan ham tartibga solinishi mumkin. 
Suvni xuquqiy muhofazasi to’g’risida gapirganda «Suv 
muhofazasi», «Suvni xuquqiy muhofaza qilish», «Suvdan foydalanish 
huquqini himoya etish» kabi tushunchalar ma‘nosini to’g’ri tushunish va 
farqlash lozim. 
Suv muhofaza – bu «Suv resurslari va manbalarini muhofaza 
qilish» tushunchasiga nisbatan keng bo’lib, u o’zida suvni muhofaza 
qilish jarayonida barcha tabiat boyliklarini ham saqlash, tiklash va 
ulardan foydalanishda sanitariya biologik va ekologik talablari rioya 
qilish jarayonida suvni muhofaza qilishni talab etadi. «Suvni xuquqiy 
muhofaza qilish» jarayoni esa, tabiatni muhofaza qilish, suv va suvdan 
foydalanish to’g’risidagi qonun talablariga asosan, suv manbalaridan 
oqilona foydalanish, uni tabiiy xossasini saqlash, ifloslanishiga yo’l 
qo’ymaslik, suv resurslarini, manbalarini muhofaza qilishga qaratilgan 


boshqa tadbirlarni amalga oshirishda, suv, sanitariya to’g’risidagi qonun 
talablarini buzilishiga qarshi kurashish, suvdan foydalanish va uning 
muhofaza qilish sohasidagi xuquqbuzarliklarni oldini olish bilan bog’liq 
va boshqa holatlarni o’z ichiga oladi. 
«Suvdan foydalanish xuquqini himoya qilish» deganda esa, suvdan 
foydalanuvchilarning xuquq va manfaatlarini himoya etish, ya‘ni suvdan 
foydalanuvchilarning suv munosabatlari bo’yicha sub‘ektiv xuquq 
vakolatlarini amalga oshirishga to’sqinlik qilishni bartaraf etishga 
qaratilgan xuquqiy ekologik me‘yorlar yig’indisi tushuniladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin