Suvdan foydalnishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga joriy etish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145967
1   2   3   4   5   6
SUVDAN FOYDALNISHDA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH YO\'LLARI

:

suvdan oqilona foydalanish, suv sifati hamda tozaligini qayta 
tiklash va yaxshilash to’g’risida qayg’urish; 

suv olishning belgilangan me‘yorlariga rioya etish; 



ifloslangan suvlarni suv ob‘ektlariga oqizishni tamomila
to’xtatish chora-tadbirlarini qurish; 

tabiiy ob‘ektlarga zarar yetkazilishi yo’l qo’ymaslik; 

suv muhofazasi ob‘ektlarini soz holda tutish, ularning 
ishlatish sifatlarini yaxshilash, olinayotgan suvni hisob-kitob
qilib borish; 

suvga oid to’lovlarni o’z vaqtida to’lash. 
Yuqorida qayd etilgan talablar bajarilmasa, yuridik va jismoniy 
shaxslarning suvdan foydalanish xuquqlari tegishli qonun xujjatlari 
asosida bekor qilinishi mumkin. Yetkazilgan zarar «Suv va
suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 39-moddamiga asosan
chiqarilgan Nizom, yo’riqnomalar asosida Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilangan hollarda va tartibda undirib olinadi. 
Suv qonunchiligiga binoan suv ob‘ektlaridan foydalanish
:

aholining iste‘moli, maishiy va boshqa ehtiyojlari

davolash, kurort va sog’lomlashtirish; 

qishloq xo’jaligi ehtiyojlari; 

sanoat maqsadlari va issiqlik energetikasi ehtiyojlari; 

baliqchilik xo’jaligi ehtiyojlari 

ovchilik xo’jaligi ehtiyojlari; 

alohida qo’riqlanadigan hududlar joylashgan suv ob‘ektlari; 

suv transport ehtiyojlari; 

oqova suvlarni oqizish; 



yong’inga qarshi qurish ehtiyojlari; 

davlat va jamoat ehtiyojlari; 

suv omborlari, gidrouzellar va boshqa suv inshootlari; 

Orol dengizi xavzasidagi suvdan davlatlararo foydalanish. 
Mamlakatimizda ularning har biri bo’yicha alohida me‘yoriy hujjatlar 
qabul qilinadi va ekologik-xuquqiy foydalanish hamda muhofaza qilish 
ta‘minlanadi. 
Suv-hayot manbai bo’lgani uchun ham undan foydalanishda birlamchi 
xuquqiy talab sifatida ekologik jihatdan muhofaza qilish me‘yorlari 
o’rnatiladi. Suv qonun hujjatlarida, xususan, «suv va suvdan 
foydalanish to’g’risida»gi qonunning 24-bobida aynan shu masalani 
xuquqiy jihatdan tartibga solish qoidalari va me‘yorlari o’rnatilgan. 
Unga binoan suv ob‘ektlari kishilar sog’lig’iga, suvdan yashovchi tirik 
organizmlarning kamayishi, suvning xossa va xususiyatlari (hattoki 
o’zini o’zi tozalab turish), suv rejimining buzilishi natijasida sodir 
bo’ladigan boshqa ko’ngilsiz holatlarning kelib chiqishini muhofaza 
qilishni belgilovchi va amalda tatbiq qiluvchi yagona tartibot suvni 
ekologik-xuquqiy muhofaza qilish deb yuritiladi

1997 yil 25 aprelda «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi 
qonunning 98-moddasiga o’zgartirishlar kiritilib, suvlarni ekologik-
xuquqiy muhofaza qilishni ta‘minlovchi tadbirlarni amalga oshiruvchi 
korxona, tashkilot va muassasalar mahalliy xokimiyat va davlatning 
maxsus vakolatlangan organlari bilan kelishgan holda texnologik, 
o’rmon –meliorativ, agrotexnika (to’g’rirog’i, agromeliorativ), 
gidrotexnik, sanitar-texnik tadbirlarni o’tkazishlari shart deb qo’yildi. 


Ushbu yuridik shaxslar suvga turli maishiy, sanoat, kimyoviy va fizik 
chiqit va chiqindilarni chiqarishlari ta‘qiqlanadi. «CHiqindilar 
to’g’risida»gi qonunning 14-moddasiga binoan korxona, tashkilot va 
muassasalar chiqindi bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish xuquqiga 
egalar, lekin Ushbu xuquqlari mazkur Qonunning 17-moddasida 
ko’rsatilgan xavfsizlik talablari, ya‘ni fuqarolar hayoti va sog’lig’iga
yoki atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan va ekologik xavfsizlikni 
ta‘minlaydigan holatdagina ruxsat beriladi. Ularning burchlari «suv va 
suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 103-moddasida aks 
ettirilgandir. 
Suv ob‘ektlarini muhofaza qilish maqsadida muayyan alohida 
quriqlanadigan okrug va hududlar ajratib olinadi. 1992 yil 7 apreldagi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
174-sonli 
qarori 
bilan 
tasdiqlangan 
«O’zbekistonda ekologik-xuquqiy rayonlashtirish, suv omborlari va 
boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, 
ichimlik va maishiy suv ta‘minoti ob‘ektlari, davolash va madaniy 
sog’lomlashtirish hududlariga doir Nizom»ga muvofiq olib boriladi. 
O’zbekistonda Suqoqsoy, Boshqizilsoy, Nuvalisoy kabi kichik daryolar 
yer usti oqar suvlarning aksariyatini tashkil qiladi. Ularda ekologik-
xuquqiy talablar Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi va maxsus 
vakolatlangan organlari bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak. 
Suv toshqini va sel ketishi natijasida yuzaga keladigan zararli 
ta‘sirlarning oldini olish uchun tuman hokimligi tegishli chora-tadbirlar 
quradi. Katta talafotlarga olib keladigan suv bilan bog’liq bo’lgan tabiiy 
hodisalarning oldini olish va ularni bartaraf etish 1999 yil 20 avgustdagi 
«Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda 


vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunda belgilangan 
tartibda Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va shahar hokimiyatlari 
qoshida tuziladigan komissiyalar orqali hal qilinadi. Ilmiy, metodik va 
amaliy ishlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning bo’linmalari 
olib boradi. Moliyaviy ta‘minot va moddiy yordam esa tashkilot, 
korxona, muassasa, xo’jaliklar va mahalliy byudjet hisobidan, 
Respublika va mintaqaviy dasturlar bo’yicha amalga oshiriladigan 
tadbirlar esa Respublika byudjetidan amalga oshiriladi. 
Yer osti suvlarini ekologik-xuquqiy muhofaza qilish, birinchi navbatda, 
suvni chiqaruvchi va undan foydalanishni ta‘minlovchi idoralarning 
xuquq va majburiyatini belgilash bilan boshlanadi. Chunki yer osti 
suvlari 
joylanishining 
o’ziga 
xos 
tomonlari 
yer 
qa‘ridan 
foydalanuvchilarning hatti-harakatlariga bevosita bog’liqdir. Yuridik va 
jismoniy shaxslar yer qa‘ridan yoki yer osti suvlaridan foydalanishda 
ularning kamayib ketishi, foydali xususiyatlarini yo’qotishi yoki 
ifloslanishiga yo’l qo’ymasliklarga shart. 
Suv 
qonunchiligi 
suvlarni 
ekologik-xuquqiy 
muhofazalash 
me‘yorlarining amalda bajarilishini iqtisodiy ta‘minlash maqsadida: 
suvdan maxsus foydalanilganlik, suv ob‘ektlarini ifloslantirganlik va 
ularga zararli ta‘sir ko’rsatishning boshqa xil to’lovlari o’ndirib olinadi. 
Ushbu to’lov turi, miqdorli va tartibi Soliq kodeksi, Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligi va tegishli davlat
organlarning qonun osti me‘yoriy hujjatlariga muvofiq ravishda amalga 
oshiriladi. 
Suvdan 
tejab-tergab, 
yangi 
texnologiyalar 
asosida 
foydalanuvchilar uchun «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi 
qonunning 106 moddasiga muvofiq ravishda xuquqiy (masalan, 


birlamchi foydalanuvchi), iqtisodiy (imtiyozli kredit), tashkiliy 
(qo’shimcha korxonalar tashkil etish), ijtimoiy (tajribalarini keng targ’ib 
qilish), ekologik (ekologik to’lovlardan ozod etish) va boshqa
rag’batlantirish omillarining samarali tizimini qo’llash mumkin. 
Suvdan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida suv zaxiralari 
davlat yo’li bilan hisobga olinadi. Uning tarkibiga yagona suv fondini 
tashkil etuvchi suvlarning miqdori, sifati, aholini va xalq xo’jaligining 
ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishga oid ma‘lumotlar kiritiladi. 
1990-2001 yillar mobaynida O’zbekistonda toza suvdan foydalanish 
52,4 kub km dan 44 kub km ga kamaygan. Undan qayta ishlatiladigani
5,9 kub km dan 4,0 kub km, ifloslangan suvlarni suv shoxobchalariga 
tashlash 32,7 kub km dan 16,9 kub km, tozalab tashlangan suvlar 12,1 
kub km dan 10,5 kub km ga kamaygan. Bu degan so’z xalq xo’jaligida 
suvdan foydalanish va uni tozalash, oqova suv sifatini oshirish mustaqil 
Respublikamizda kundan-kunga yaxshi yo’lga qo’yilmoqda. 
Suvdan ekologik jihatdan foydalanish va uni muhofaza etishni 
rejalashtirishda prioritet masala bo’lib aholining ichimlik va maishiy 
xizmati inobatga olinadi. Rejalashtirish ilmiy va kadastr ma‘lumotlariga 
asoslangan, suv xo’jaligi balanslari, kompleks foydalanish, suvga 
so’ngra, maishiy xizmatga bo’lgan talabi muhofaza qilish jadvallarini 
hisobga olgan holda bajarilishi kerak. 
Davlat suv kadastri «Davlat kadastrlari to’g’risida»gi qonun va Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan 1998 yil 7 yanvarda 11-son qarori bilan 
tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida davlat suv kadastrini ishlab 
chiqish va yuritish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq olib boriladi. 
Suvning mavjud miqdori va undan foydalanish darajasini baholash esa, 


daryo havzalari va tumanlar bo’yicha suv xo’jaligi balanslari asosida 
belgilanadi. Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning 
bosh va havza (hududiy) jadvallarida aks etgan bo’ladi. Bularning 
hammasi, jumladan, suv monitoringi ham Vazirlar Mahkamasi belgilab 
bergan tartibda davlat byudjeti hisobidagi tegishli davlat idoralari 
tomonidan olib boriladi. 
Suvdan oqilona foydalanish hamda uni muhofaza qilish talablarini 
buzgan yuridik va jismoniy shaxslar tegishli javobgarlikka tortiladilar. 
Masalan, «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 114-
moddasiga muvofiq suvdan foydalanish xuquqini boshqalarga berish 
hamda davlatning egalik xuquqini oshkora yoki yashirin tarzda 
buzadigan boshqa xil bitimlar xaqiqiy hisoblanmaydi. 
Suv qonunchiligiga oid javobgarlik va tegishli yuridik jazo quyidagi 
hollarda qo’llaniladi; 

suv ob‘ektlarini o’zboshimchalik bilan egallab olgan yoki 
suvdan o’zboshimchalik bilan foydalanilganda; 

suvdan foydalanish limitlarini buzgan holda suv olganda; 

daryolarni bulg’agan va ifloslanganda; 

suvni bulg’ash va ifloslanishning yoki suv yetkazadigan 
zararli ta‘sirning oldini oladigan inshootlari va qurilmalari 
bo’lmagan korxonalarni, kommunal ob‘ektlarni va boshqa 
ob‘ektlaridan ishga tushirganda; 

suvdan (suv ob‘ektlaridan chiqarib yoki ajratib olingan 
suvdan) xo’jasizlik bilan foydalanganda; 



suv havzalarida suvni muhofaza qilish rejimini buzib, uning 
bug’lanishiga, tuproqni suv yuvib ketishiga va boshqa zararli 
hodisalar ro’y berishiga sabab bo’lganda; 

suv xo’jaligi inshootlari va qurilmalariga shikast yetkazgan 
va ularning vayron qilganda; 

suv xo’jaligi inshootlarini va qurilmalarini ishlatish 
qoidalarini buzganda; 

suvning holatiga ta‘sir qiluvchi to’siqlar, nasos stantsiyalari 
va boshqa inshootlarni o’zboshimchalik bilan ko’rganda; 

suv haqi va suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 
solingan jarimalarni o’z vaqtida to’lamaganda; 

rejalarda ko’zda tutilib, suvni bug’lanish, ifloslanish va 
kamayib ketishidan saqlashni, shuningdek, suv holati va 
rejimini yaxshilashni ta‘minlovchi gidrotexnika, texnologiya, 
o’rmon-melioratsiya, sanitariya-texnika tadbirlari va boshqa 
tadbirlarni amalga oshirilganda; 

vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga o’zboshimchalik 
bilan ulaganda; 

foydalanish va kuzatish quduqlarini yo’q qilib tashlagan yoki 
ularga zarar yetkazganda; 

suv quduqlarini burg’ilashning belgilangan qoidalari va 
texnologiyasini buzganda; 

suvni 
muhofaza 
qilish 
inshootlari 
va 
qurilmalarini 
qurishning me‘yoriy muddatlarini barbod qilganda; 



qurilish tugallanmagan suvni muhofaza qilish inshootlarini 
ularning samarali ishlashiga salbiy ta‘sir etuvchi, kamko’stini 
bitirmay va loyihadan chetga chiqishlar bilan foydalanishga 
topshirganda; 

suvni muhofaza qilish hududlariga rioya etilmaganda; 

suvdan foydalanilganlik haqidagi davlat hisobotlarini taqdim 
etmagan yoki ushbu ma‘lumotlarni buzib ko’rsatganda; 

tabiatni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi 
organlarning ko’rsatmalarini bajarmaganda; 

alohida qo’riqlanadigan suv ob‘ektlari rejimini buzganlikda 
aybdor bo’lgan shaxslar qonunlarga muvofiq jinoiy, ma‘muriy 
va o’zga tarzdagi javobgarlikka tortiladilar. Qonunlarda suvga 
oid boshqa turdagi xuquqbuzarliklar uchun ham javobgarlik 
belgilab qo’yilishi mumkin. 
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dexkon xujaliklari xamda 
fukarolar suv tugrisidagi konunlarni buzish natijasida yetkazilgan 
zararlarni konunlarda belgilangan mikdorda va tartibda koplashlari shart. 
Uzboshimchalik bilan egallab olingan suv ob‘ektlari va konunchiz 
foydalanish vaktida kilingan xarajatlar koplanmagan xolda uz egasiga 
kaytarib olib beriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
yetkazilgan zararni koplash tegishli konunlarda belgilangan mikdorda va 
tartibda amalga oshiriladi. Suv ob‘ektlari, shaxslar va davlatga zarar 
yetkazishda aybdor bulgan mansabdor shaxslar xamda boshka xodimlar 
ma‘muriy javobgarlik koidalariga muvofik ravishda moddiy 
javobgarlikka tortiladilar. 



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin