Suvda hayot kechiruvchi umurtqasizlarni nafas olish organlari


Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) kenja tipi



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə5/6
tarix01.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#105668
1   2   3   4   5   6
Suvda hayot kechiruvchi umurtqasizlarni nafas olish organlari

Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) kenja tipi umumiy tavsifi.
Qisqichbaqasimonlar kehja tipiga krablar, krevetkalar, daryo qisqichbaqalari, langustlar, omarlar, namkashlar va boshqa mayda qisqichbaqasimonlar kirib, yer yuzida 42 000 dan ortiq turi tarqalgan.
Gidrosferada tarqalgan zooplanktonning 80 % qisdichbaqasimonlarga tog’ri keladi va ozuqa zanjirida asosiy bo’g’in hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlar mondibulatalar tarkibiga kirib, ularni birinchi bosh segmentiga antenalar borligi bilan harakterlanadi
Uchinchi bosh segmentdan yuqori jag’ – mondibulalar (qisqichbaqasimonlar ilmiy nomi shu so’zdan olingan) to’rtinchi bosh qismi segmentidan pastki jag’ maksillar rivojlangan.
Qisqichbaqasimonlarni aksaryati ayrim jinsli hayvonlardir. Lekin germofradit turlari ham mavjud (moylov oyoqlilar va remipodiyalar). Aksaryat turlari ichki urug’lanish bilan ko’payadi.
.

  • Nafas olish sistemasi

  • Nafas olish organi - jabralar oyog'ining ikko yonidagi mantiya bo'shlig'ida joylashgan. Jabralarning sirtida va mantiya pardasida joylashgan kiprikchalarning harakati tufayli suv mantiya bo'shlig'iga kiradi va jabralarni yuvib, chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi. Suvda erigan kislarod jabralarga o'tadi, jabralardan esa karbonat angidrid suvga ajralib chiqadim. Kislarod jabradan qon oqimi bilan hamma organlarga tarqaladi.


NAFAS ORGANLARI

Nafas organlari - organizm bilan tashqi muhit (suv yoki havo) oʻrtasida gaz almashinuvi uchun ixtisoslashgan organlar. Hayvonlarda tana qoplagʻichi yoki ichagi devorining botib kirishi yoki boʻrtib chiqishi tufayli vujudga kelgan. Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da Nafas organlari boʻlmaydi. Umurtqalilar orasida teri orqali nafas olish kam harakatlanadigan va mayda hayvonlar — ayrim baliqlar, suvda va quruklikda yashovchilar uchun xos. Nafas organlari dastlab chuvalchanglarda jabralar shaklida paydo boʻlgan. Kislorod tanqis boʻlgan, oqmaydigan loyqa suvlarda yashaydigan ayrim baliklarda atmosfera havosi bilan nafas oladigan organlar — oʻpkalar, labirint apparat rivojlangan. Orqa ichakning ayrim qismlari orqali sodir boʻladigan gaz almashinuvi ichak orqali nafas olish deyiladi (ayrim laqqasimon va boshqa baliklar).
Quruklikda yashaydigan hayvonlarning asosiy Nafas organlari traxeyalar yoki oʻpkalar hisoblanadi. Ontogenezda Nafas organlari oʻzgarishi mumkin. Mas, koʻpchilik baliklar embrionlari dastlab tana yuzasi orqali nafas oladi; keyinroq ularda sariqlik xaltasida sariklik nafas olish sistemasi yoki suzgichlar (anal, orqa, dum) nafas olish sistemasi paydo boʻladi. Keyinchalik lichinkalarda tashqi jabralar, soʻngra jabra apparata rivojlanadi. Amniotlar embrionida nafas olish vazifasini dastlab sariklik xaltasi, keyinroq allan-tois bajaradi.



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin