Super sadik detki



Yüklə 19,36 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü19,36 Kb.
#40789
  1   2
Farg


Farg'ona shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi “SUPER SADIK DETKI” maktabgacha ta'lim tashkilotining 1 -sonli umumiy ishlab chikarish yigilishi BAYONNOMASI.

2020 yil __ oktabr Farg'ona shahar

Yig'ilish raisi: M.A.Yakubjanova

Yig'ilish kotibi: D.Sadiyeva

Qatnashdilar: 3ta xodim

Kun tartibida:


  1. Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari yo'riknomasi, bolalarning xayoti va sog'lig'ini muxofaza qilishni va texnika xavfsizligi yo'riqnomalari bilan tanishtirish.

Eshitildi: Tashkilot rahbari M.Yakuvjanova, maktabgacha ta'lim xodimlari asosiy malaka tavsiflari lavozimlari va xizmatchilari kasblari nomlaridan foydalanishda, mehnat daftarchalariga yozuvlarni kayd etishda, lavozimlarni xodimlarning toifalariga kiritishda shuningdek xodimlarni ishga qabul qilishda ularning ma'lumot darajasiga qo'yiladigan eng kam talablar ko'llanilishi majburiyligini ta'kidlab o'tdi.

Mazkur Maktabgacha ta'lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 4 oktyabrdagi 795-son «Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, maktabgacha ta'lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini belgilashini aytib o'tdi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni barcha tashkilot ishchi-xodimlari bolalar bilan olib boradigan ta'lim- tarbiyaviy ishlarda yukori samaraga erishishini tashkil kilish, tashkilotni rivojlantirishda mehnatni tashkil kilishning zamonaviy shakllaridan foydalanishda tarbiyalanuvchilar xayoti , sog'ligini muxofaza qilish, asrash, mustaxkamlash, ularga ta'lim va tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda tashkilot xodimlari o'z vazifasini sidqidildan bajarishi lozimligini ta'kidlab o'tdi

So'zga chiqdi: tarbiyachi D.Sadirova, u xam o'z so'zida tarbiyachi yordamchilarining vazifasi malaka tavsiflari xaqida tushuncha berib o'tdi .Tarbiyachiga bolalarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida yordam berish, ularni sayrga kuzatish , bolalarni muzeylar, xiyobonlar va boshka dam olish joylariga olib borishda ko'maklashish,tarbiyachi raxbarligida tibbiy xodimlar bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarni salomatligini saqlash va mustaxkamlash, ijtimoiy va psixologik reabilitastiya, ijtimoiy va mexnat moslashuvi uchun shart- sharoitlar yaratilishini ta'minlaydigan kundalik ishlarni amalga oshirish, bolalarni yoshini, o'z-o'zini boshqarish ishlarini, mexnat muxofazasi talablariga rioya eta olishini xisobga olgan xolda ularni sanitariya-gigiyenik ko'nikmalarini ta'minlashga yordam berishlari ularning vazifalari ekanini aytib o'tdi.

So'zga chikdi: Tashkilot raxbari M.Yakubjanova «Bolalarni xayoti va sog'ligini saklash» yo'riknomasi bilan tanishtirib o'tdi.Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni xayoti va sog'ligini muxofaza qilishni tashkil etish tartibi tugrisida Nizom bo'yicha tavsiyalar berdi.

Tashkilotda bolalarning xayoti va sog'ligini muxofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari bilan tanishtirib o'tdi .tashkilot markazida yong'in xavfsizligi , favqulotda vaziyatlar , tez yordam xizmatlari , ichki ishlar korxonalarining telefon rakamlari mavjud bulishi, tarbiyachi o'z guruxidagi tarbiyalanuvchilarni yashash manzili , ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning telefon rakamlari mavjud bo'lishi shartligi, yayov xolda sayr va ekskursiyaga chiqishdan oldin tarbiyachi bolalarni olib boradigan joyni avval rejalashtirib olishi va xarakatlanish yo'nalishiga aniqlik kiritishi lozimligini ta'kidlab o'tdi.Tashkilot tarbiyachisi, tarbiyachi-yordamchisi va boshqa mutaxassislari tomonidan ish vaqti davomida bolalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanishini,tarbiyachi yoki boshka mutaxassislar bo'lmaganda tegishli guruxga boshqa shaxs tayinlanishi va shu shaxs bolalarning xayoti va sog'ligiga javobgar ekanliklarini xam tushuntirib o'tdi.

Guruxlarda bolalarni ichishlari uchun qaynatilgan suv bo'lishi shaxsiy gigiyena qoidasiga rioya kilishlari shartligi va issiq ovkat tarqatilganda bolalar stol atrofida bo'lmasliklarini aytib o'tdi.Tarbiyachi sayr va ekskursiyaga olib borishda bolalarning sonini aniq bilishlari va gurux xonalarida o'tkir tig'li buyumlar jumlada qaychi lezviya pichoq sanchqi) nazoratsiz qoldirilmasligini tushuntirib o'tdi.

So'zga chiqdi: Tarbiyachi D. Sadirova u xam o'z so'zida, bolalar maydonchalarini mazmunli o'tkazish, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladigan, shuningdek bolalar uchun qiziqarli bo'lgan jixozlar bilan taminlangan bo'lishi va bolalar maydonchalarini qulay ko'rkam va tekis joylarda tashkil etilishi , ularning atrofida sersoya daraxtlar va o'tirib dam olinadigan xordik o'rindiqlari bo'lishi va jixozlar bolalarning yoshi va qiziqnshlariga mos zamonaviy va sodda tuzilishga ega bo'lishi xamda ularning sanitariya va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan turlarini o'rnatish lozimligi haqida gapirib o'tdi.



Eshitildi : Kun tartibidagi masala yuzasidan tashkilot direktori M. Yakubjonova so'zga chiqib, kuyidagilarni aytib o'tdi. Qish mavsumida tashkilotdagi elektr asboblarini qarovsiz koldirmaslik, bolalarni nazoratini kuchaytirish, qo'lbola jixozlardan foydalanmaslikni, tarbiyachilarni kayta instruktajdan o'tkazishni aytib o'tdi. Ish vaktida va ishni oxirida xonalardagi mavjud televizor, DVD, kompьyuter jixozlarini manbadan uzish va bolalarni qarovsiz koldirmaslik, xushyorlikni oshirish xona javobgarligini o'z bo'yniga olishlarini aytib o'tdi va xamma xodimlarni yo'riqnoma bilan tanishtirib o'tdi.


Yüklə 19,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin