Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash



Yüklə 24,92 Kb.
səhifə4/4
tarix26.01.2023
ölçüsü24,92 Kb.
#80924
1   2   3   4
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1-rasm
Maydon o’lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm).
Uning asosan birinchi choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm). Ular vaqt bo’yicha tsiklik (davriy) o’zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To’g’ri chiziqli koordinata tizimida maydon o’lchovlari vertikal va gorizontal o’qlarda (ordinata va abtsissa o’qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o’ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o’qi va unga nisbatan nur burchagi o’lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o’lchovlar kontur to’r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.

1-rasm. To’ri chiziqli koordinata tizimi

2-rasm.Qutbli koordinata tizimi



Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o’lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar (3-rasm).

-2 -1 0 1 2


3-rasm. Shkala


Shkala tayanchi to’g’ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo’lishi mumkin. Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo’lmagan holda bo’lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo’lsa, bunday shkala teng o’lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo’lmasa teng bo’lmagan o’lchovli shkala deyiladi.
Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqinidir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
Grafik talqini grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqiniqisqa va tushunarli bo’lishi lozim.
Grafiklarni tasvirlashda ko’rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo’lishi, qisqa ifodalanishi ularni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi.
Yüklə 24,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin