Standartlashtirish asoslari. Reja



Yüklə 207,04 Kb.
səhifə1/4
tarix01.06.2023
ölçüsü207,04 Kb.
#121619
  1   2   3   4
2-mavzu. Standartlashtirish asoslari. Reja


Standartlashtirish asoslari.
Reja:
1.Asosiy tushunchalar va qoidalar.
2. O’zbekiston Respublikasida davlat standartlashtirish tizimi va ob’ektlari.
3. Standart tabaqalari va xillari.
4. Xalqaro standartlashtirish va uning boshqaruv tizimi.

Asosiy tushunchalar va qoidalar
Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish xonasiga kirib, chiroqni yoqqan edik, lip etib yondi-yu, o’chdi. Nima qilamiz? Darxol boshka lampochkani olib, almashtiramiz. Xo’sh, buni nimasi g’ayri tabiiy? Siz bunda kuygan lampochkani o’rniga boshqasi aynan, xam kuchlanish buyicha, xam quvvati buyicha, xam o’lchamlari bo’yicha to’g’ri kelishini ostida qanchalar inson mexnati yotganligini xech o’ylab ko’rganmisiz?
Odatda biz standart bo’yicha degan iborani ko’p ishlatamiz.
Standart – bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum soxalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan xamda faoliyatning xar xil turlari gayoki natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy xujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga bo’lishi kerak.
Standartlar darajasiga qarab, xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko’rsatadi.
Davlat standartlari maxsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo’yish bosqichida yangi maxsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o’zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va istehmolchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan.
Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum soxada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo’ladi. Standartlashtirishning muxim natijalari odatda maxsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g’ovlarni bartaraf qilish xamda ilmiy-texnikaviy xamkorlikka ko’maklashishda namoyon bo’ladi.
Standartlashtirish yangi buyumga o’z vaqtida yuqori sifatli loyixa – konstruktorlik xujjatlar berish, korxonaning yangi maxsulotini berilgan sifat ko’rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo’lsa maxsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish maxsulot muomalada bo’lganida va sotish bosqichlarida maxsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda maxsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.

Yüklə 207,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin