20
V-VII sinflarda harakatli o‘yinlarni darsning ikkinchi
va uchunchi qismlarida
o‘tkazgan ma’qul. Darsning asosiy qismida birorta murakkab sport o‘yinini
o‘rtanishga zamin tayyorlash uchun ba’zi bir o‘yinlarni kiritish mumkin bundan
maqsad o‘quvchilarni sport o‘yinlariga tayyorlashdir.
Ma’lumki VIII-IX sinf o‘quvchilari ijtimoiy va ishlab chiqarishga oid ishlar
bilan shug‘ullanadilar.Bu xol ulardan harakatli o‘yinlar uchun ajratilgan vaqtni tejab
sarflashni talab etadi ular ko‘proq sport bilan shug‘ullanadilar.
Harakatli o‘yilarni o‘tkazishda o‘quvchilarni yosh
xususiyatlarini hisobga
olishda eng avvalo o‘quvchilarni yoshiga, jinsiga va fiziologik xususiyatlarini
e’tiborga olishni taqozo etadi. Bundan tashqari o‘yinlarni qay holatda, qaerda,
o‘tkazilishi muhim ahamiyatga egadir. Harakatli o‘yinlar o‘z vazifasiga ko‘ra bilim
beruvchi, sog‘lomlashtiruvchi, davolovchi hamda hordiq chiqaruvchi bo‘limlarga
bo‘linadi. Milliy o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich maktab
o‘quvchilarining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:
Harakatli o‘yilarni o‘tkazishda o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga
olishda eng avvalo o‘quvchilarni yoshiga, jinsiga va fiziologik xususiyatlarini
e’tiborga olishni taqozo etadi. Bundan tashqari o‘yinlarni qay holatda, qaerda,
o‘tkazilishi muhim ahamiyatga egadir. Harakatli o‘yinlar o‘z vazifasiga ko‘ra bilim
beruvchi, sog‘lomlashtiruvchi, davolovchi hamda hordiq chiqaruvchi bo‘limlarga
bo‘linadi. Milliy o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich maktab
o‘quvchilarining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:
Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro
muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.
Bolalar xalq o‘yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali jo‘shqin his-
tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar.
Milliy o‘yinlarda bola kattalar
bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda
yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.
Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida
namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz
qoldiradi.
21
Shu bobni xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o‘yinlaridan foydalanishda,
ularni qo‘llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab
etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli
harakatlarga ancha moyil
bo‘ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog
YA.N.Komenskiy ham o‘z vaqtida ta’kidlagan edi.
Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib
turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni,
harakatga soluvchi
yurish-turish shakllarining to‘g‘riligini talab etadi.
Bolalarning
bu yoshida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarini
muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o‘zini tuta
bilishga odatlantirish katta rol o‘ynaydi.
Milliy o‘zbek o‘yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o‘quvchilari sevib, maroq
bilan o‘ynamoqdalar. Bunday o‘yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki
hovlilar va bog‘, parklarda dam olish soatlarida o‘ynaladi. Muhim sifatlarni
rivojlantirishga mo‘ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir
bayon qilingan material, ko‘proq o‘yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tushuntirish
va faol dam olish uchun, qisqacha pauzalar bo‘lgan
kichik dozada uzluksiz
bajariladi. O‘yin mashqlaridan keyin bo‘shashtiradigan, ohista yuriladigan
mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o‘stiradigan mashqlarni berish lozim.
Har xil maktab yoshidagi bolalar bilan harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va
o‘tkazish turli-tuman tusga ega bo‘ladi. Harakatli o‘yinlar o‘tkazish metodikasi
bolalarning ruhiy va fiziologik xususiyatlariga, ularning umumiy rivoji va
tayyorgarligiga bevosita bog‘liq. Bolalar bilan ishlash amaliyoti harakatli o‘yinlar
o‘tkazish metodikasi to‘rtta asosiy yosh guruhiga mos ravishda ko‘rib chiqilishi va
har birining yosh xususiyatlariga ko‘ra barcha bolalarning o‘yinga
qiziqishiga
nisbatan o‘zaro yaqinligini ko‘rsatadi. Bu guruhlar quyidagilarni tashkil etadi: 1-2-
sinf o‘quvchilari: 7-9 yoshli bolalar; 3-4-sinf o‘quvchilari: 9-11 yoshli bolalar; 5-9-
sinf o‘quvchilari: 12-15 yoshli o‘smirlar va AL va KHK o‘quvchilari: 16-18
yoshdagi yoshlar.
Dostları ilə paylaş: