15
bermaydi), endi bolalar o‘zlariga yuklatilgan vazifani tushunadigan bo‘ladilar (endi
bo‘ri quyonni tutib olgandan keyin uni to‘xtatadi, uyiga olib keladi, egundan keyin
boshqa quyonlarni tuta boshlaydi). O‘yinda ko‘pincha tarbiyachi boshlovchi bo‘ladi.
O‘yindagi harakatlarning mazmuni tushunarli va qiziqarli bo‘lishi juda muxim.
Bu ularning faoliyatini oshiradi, harakatlarga xis-xayajon va jo‘shqinlik
bag‘ishlaydi.
To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda harakatlarni
ancha murakkablashtirish (kubiklar ustiga chiqish, ustida cho‘qqayib o‘tirish, undan
tushish, stul tagiga emaklab kirish va xokazo) xamda xar xil harakatlarni bir-biriga
qo‘shib qilish kerak bo‘ladi (koptokni tutish uchun irgishlab sakrash va xokazolar).
Bunday murakab harakatli o‘yinlarda ishtirok etgan bolalar bir-birlaridan o‘zishga
harakat qiladilar.
Bu xildagi harakatli o‘yinlar xamisha xam birgalikda o‘ynaydigan o‘yinlar
xisoblanmaydi. Bu o‘yin- mashqlarda ayniqsa ko‘proq namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik
bo‘lib ashula aytib o‘ynaladigan o‘yinlar va qofiyali so‘zlar jo‘rligida o‘ynaladigan
o‘yinlar keng qo‘llanadi. Bunday o‘yinlarda bolalarni xamjixatlikka va harakatlarni
birgalashib bajarishga erisha borish mumkin.
5 yashar bolalarning harakatli o‘yinlari mazmuni rang-barang, atrof tevarakda,
xayotda uchraydigan voqealar to‘g‘risida ularning tasavvuri va bilimi oshib borishi
bilan bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning o‘yin vaqtida faol harakat qilishi ko‘p
jixatdan
ularning malakasi va ko‘nikmasiga, tevarak -atrofni yaxshi bilishiga, harakatlarni
saboq, chaqqkonlik idrok va xamkorlikda bajarishga bog‘lik bo‘ladi. Aksariyat
o‘yinlarda boshlovchi bo‘ladi, lekin ba’zan bu vazifani o‘yinchilarning 2-3 tasi
bajarishi mumkin. O‘rta gruppa uchun mo‘ljallangan harakatli o‘yinlarning ba’zilari
mazmuniga va bajariladigan vazifa tasviriga ega bo‘lmaydi. Bunday o‘yinlarga
musobaqa tusini kiritish xam mumkin. Ko‘pincha qofiyali so‘zlar o‘yin mazmunini
ochib beradi va uni to‘ldiradi, harakat uchun ishora xizmatini o‘taydi. So‘zlar
ko‘pchilik bo‘lib aytilsa, yana xam yaxshi bo‘ladi.
6 yashar bolalar bilim doirasi tobora
kengayib boradi binobarin, harakatli
o‘yinlarning mazmuni xam murakkablashadi.
16
O‘yin koidalari xam murakblashib borishi tufayli ularni bajarishda aniqlik
dikkat-e’tibor, sabr-toqat, signaldan tez ta’sirlanishga o‘rtanish,
ortiqcha
harakatlarni cheklash (aniq bir yo‘nalishda yugurish, tutilganlarning chetga chiqishi
va xokazo) talab etiladi. O‘yin qoidasi intizomning tarkib topishiga yordam beradi.
Ma’lumki, harakatli o‘yinlarda ishtirok etish uchun bolalarni guruxlarga bo‘lish
kerak bo‘ladi, bunda ko‘pincha kuchli o‘g‘il bolalar bilan qizlar, faqat qizlar bilan
guruxlashishga intiladilar. Bu o‘yinning borishiga va natijasiga ta’sir etadi. SHuning
uchun tarbiyachi kuchliroq bolalarni nimjonroq bolalar bilan, o‘g‘il bolalarni qizlar
bilan gurux-gurux qiladi.
Bunda o‘g‘il va qiz bolalarning odob-axloqni bo‘lishi, yaxshi tarbiya topishi katta
axamiyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari o‘g‘il bolalar qizlardan qolishmaslik uchun
ancha tashabbuskor bo‘ladi, qizlarni xurmat qilishga o‘rganadi.
7-10 yashar bolalar uchun harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darsining asosi
hisoblanadi. SHuning uchun ham maktab programmasida boshqa materiallarga
nisbatan o‘yinlarga ko‘proq o‘rin ajratiladi. Buning sababi shundaki dasto‘rga
kiritilgan turli xil jismoniy mashqlarni bolalar xilma-xil o‘yinlar vositasida osongina
idrok qiladilar va o‘zlashtiradilar.
O‘yinlarda yugurish, sakrash va uloqtirish yoki irg‘itish
mashqlariga aloxida
e’tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan oddiy va o‘rtacha murakkab
o‘yinlarni o‘tkazish bilan birga, agar bolalar etarli darajada tayyorlangan bo‘lsa,
ancha murakkabroq ya’ni komandalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarni xam
o‘tkazish mumkin. Bolalar bu o‘yinlarda "Bir qishi hamma uchun, hamma bir qishi
uchun" degan prinsip asosida birga o‘ynashga o‘rganadilar. SHunda ularda o‘zlari
bilan birga o‘ynayotgan o‘rtoqlari uchun javobgarlik xissi uyg‘onadi. Komanda
o‘yinlari etarli darajada chaqqon, xozirjavob, farosatli va baquvvat bo‘lishni talab
etadi. Jismoniy tarbiya darslari ko‘pincha turli o‘yinlardan tarkib topadi va bundan
tashqari
darsga basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi va futbol kiritiladi. 9-10 yashar
bolalarning o‘yinlari birmuncha murakkablashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: