23
bolalarda har qanday ishga layoqatlilik xususiyatini oshirish juda muhim ahmiyatga
ega. Bola organizmining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli,
uning vazifalariancha aniqroq shaklda ifodalanadi: bola suyagining behato va o‘z
vaqtida
qotishiga, orqa umurtqadagi egik joylarning shakllanishiga, tovon
yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay bo‘g‘in aparatlarini
pishitishga yordam
ko‘rsataliladi (o‘yinlar); gavda qisimlarining o‘zaro to‘g‘ri rivojlanishiga imkon
yaratiladi (o‘yinlar); barcha mushak guruhlari rivojlantiradi.
Shuningdek, yurak qon tomir tizimi faoliyatini takomillashtirishga imkon
yaratish lozim: qonning yurakka qarab oqishini kuchaytirish,
yurakning bir
me’yorda ishlashini yaxshilash va uning kutilmaganda o‘zgargan yuklamaga
moslashish layoqatini rivojlantirish; ko‘krak qafasi harakatchanligini kuchaytirish,
chuqur-chuqur nafas olish va bu faoliyatining uzoq vaqt turg‘un bo‘lishini
ta’minlash, o‘pkaning hayotiy sig‘imini kegaytirish, burun bilan nafas olishni
yaxshilash, ichki a’zolarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash,
markaziy asab tizimini
takomillashtirish; hayojonlanish va tormizlanish holatlarining harakatchanligini bir
me’yorda bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, harakatlantiruvchi analizatorni va his
tuyg‘u organlarni kamolotga etkazish lozim.
2.Ta’lim berish vazifalari.
7-8 yoshli o‘quvchilar bilan milliy xalq o‘yinlarini
o‘tkazish jarayonida ta’lim berish vazifalarini bajarish ham muhim ahamiyatga ega.
Bu vazifalar: harakat malakalari va layoqatlarini shakllantirish, jismoniy fazilatlar
(chaqqonlik, tezlik, qayishqoqlik,
muvozanatni saqlash, epchillik, baquvvatlik,
chidamlilik) ni rivojlantirish, gavdani to‘g‘ri
tutishni, jismoniy tarbiya haqidagi
bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat. Asab tizimining qayishqoqligi tufayli bolalarda
harakat malakalari kattalarga nisbatan osonroq shakllanadi. Bu malakalarning
ko‘pchiligi (yurish, yugurish, sakrash) dan bolalar kundalik hayotda harakatlanuvchi
vositalar sifatida foydalanadilar. Harakat malakalari
bolaning atrof-muxit bilan
muloqot qilishini engillashtiradi va uni idrok qilishiga ko‘maklashadi.
Tanlab olingan xalq milliy o‘yinlarini to‘g‘ri bajarish bola mushaklari, paylari,
bo‘g‘imlari, suyuk tizimining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Puxta
24
shakllantirilgan harakat malakalarini amalda qo‘llash bilan, o‘yinlarni bajarish
chog‘ida bola kuchini tejashda va uning etiborini o‘yin faoliyati paytida tasodifan
sodir bo‘luvchi turli-tuman vazifalarni idrok qilishga imkon yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan bilimlar (o‘yinlarning foydali tomoni, jismoniy mashg‘ulotlarning
axamiyati va texnikaviy ijrosi,
ularni bajarish usullari, xalq milliy o‘yinlarning
qoidalari va boshqalar) xaqida ma’lumot berish katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar
olgan bilim qancha chuqur bo‘lsa, ular xalq o‘yinlaridan shuncha oqilona
foydalanishlari, o‘yinlar bilan shuncha samarali shug‘ullanishlari hamda maktab va
oila muhitida jismoniy madaniyat qurollarini mustaqil ishlata bilishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: