67
qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish;
- usullarning bajarilish ishonchliligi.
Voleybol taraqqiyotining har xil davrlarida texnik harakatlarni
bajarish usullari, talablari, shakli, mazmuni o`zgaradi va takomillashib
boradi. Texnik usullarning o`zgarishiga o`yin qoidalarining o`zgarishi,
taktik harakatlarning takomillashuvi, o`yinchilar jismoniy tayyorgarligi
darajasining o`sib borishi asosiy sabab bo`ladi. Hujum va himoyadagi
o`yin dinamikasining o`sishi, harakatlar potentsialining oshib borishi,
hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining kengayishi ham
texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo`ladi. Shunday
bo`lsa-da, o`yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundan-da
samaraliroq imkoniyatlari yo`q deb bo`lmaydi.
Malakali sportchilarning funktsional va jismoniy imkoniyatlari
o`yin texnikasiga yangi, ilg`or usullarni kiritish va uni ro`yobga
chiqarish uchun imkoniyat yaratadi. O`yin texnikasini tasniflash – ularni
shakli, mazmuni, qo`llaniladigan usullarning nimaga mo`ljallanganligi,
harakatlarning bir-biriga bog`liqligi, harakatlarning kinematik va
dinamik tuzilishiga qarab ma’lum guruhlar va bo`limlarga ajratishdir.
Voleybol texnikasi ikkita katta bo`lim: hujum va himoya texnikalariga
bo`linadi. O`z navbatida, yuqoridagi bo`limlar ham texnik usullarning
shakli va mazmuniga ko`ra bir qancha guruhlarga bo`linadi. Har bir
guruhda texnik harakatlarning o`ziga xos bajarish usullari mavjud
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: