Talabalarga sotsial stratifikasiya tushunchasi va mezonlari, jamiyatni stratifikision tasnif etishdagi rangbaranglik, yoshlarning ijtimoiy manfaatlarini o’rganish konsepsiyasi, deviant hulq-atvor turlari, ijtimoiy mobillik va shaxsni o’rganish va ilmiy talqin etish to’g’risidagi tushuncha hosil qilish, ularni qo’llash malakasini shakllantirish asosiy maqsaddir.
Jamiyat a’zolarini,ijtimoiy guruhlarni, ijtimoiy tuzilmalarni tasniflashda soiologlarning munosabatlarini va stratifikasiyaning tarixiy tiplarini ajrata oladilar;
Jamiyatning ijtimoiy tarkibiy tuzilishini, ijtimoiy tuzilmalardagi o’zgarishlarni va gender farqlarini aytib bera oladi;
Yoshlar hayotini ilmiy sosiologik o’rganishning asosiy tamoyillarini misollar yordamida aytib bera oladi;
Yoshlar hayoti va faoliyatining ijtimoiy masalalari haqidagi statistik ko’rsatkichlar haqida ma’lumotga ega;
Submadaniyatlarning me’yorlari farqlarini, deviasiyaning ko’rinishlari va klassifikasiyasini, ijtimoiy norma va sanksiyalarning turlarini farqlab, misollar orqali izohlay oladi;
Ijtimoiy nazorat institutlarining deviant hulq-atvorga ta’sirining ahamiyatini to’liq tushunadi;
Shaxsning faoliyati, ijtimoiy roli, belgilangan va erishiladigan ijtimoiy mavqyelarida norma va qadriyatlarning ahamiyatini tavsiflay oladi;
Shaxs ijtimoiylashuvi jarayonlari, shaxs va jamiyat, shaxs va davlat o’rtasidagi munosabatlar tizimi haqida xulosa chiqara oladi;