Sotsial injineriya nima va uning zamonaviy usullari



Yüklə 32,36 Kb.
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü32,36 Kb.
#165442
1   2   3   4   5   6
Sotsial injineriya nima va uning zamonaviy usullari-fayllar.org

Sotsial tushunchasi
Sotsiologiya fanida jamiyatning o‘zgarish (sotsial jarayon, sotsial dinamika, sotsial o'zgarish, sotsial taraqqiyot va boshq.) mexanizmlarini tahlil etish va tavsiflash uchun maxsus ibora yaratilgan. Sotsial jarayon (lot. processus — olg‘a siljish) — bu sotsial hodisalar va sotsial tizimlaming rivojlanish bosqichlari, holatlarining izchillik bilan almashib turishidir. Shuningdek, sotsialjarayon qandaydir natijaga erishish uchun izchil xattaharakatlaming yig‘indisini ham anglatadi. Masalan, o‘quv jarayoni o‘quv mashg'ulotlarining alohida turlarini izchillik bilan almashib turishini ifodalaydi: ma’ruza — mustaqil ish — amaliy mashg‘ulot — individual suhbat. Bu jarayonning natijasi ta’lim olayotganlaming u yoki bu darajadagi o‘zlashtirishi hisoblanadi. Sotsial jarayonning strukturasi o‘z ichiga quyidagi unsurlarni oladi:
1) sotsial harakat subyekti (shaxs, sotsial guruh, sotsial tashkilot);
2) sotsial harakat obyekti (sotsial harakat yo‘nalgan sotsial hodisa);
3) sotsial harakatning kechishi uchun shart-sharoitlar (sotsial jarayon nafaqat subyektning obyektga ta’siri, balki sotsial muhitning xususiyatlari bilan tavsiflanadi);
4) uning o'zini maqsadga muvofiq tarzdagi sotsial harakati:
5) sotsial harakat natijasi (subyektning sotsial obyektga ta’siri natijasida unda paydo bo'ladigan o'zgarishlar);
Sotsial jarayonlar turli-tumandir. Sotsial jarayonlaming turli asoslari bo‘yicha uning ko‘plab tasniflashlar shakllandi:
1) namoyon bo'lish sohalari bo‘yicha — iqtisodiy, siyosiy, ekologik va hokazo;
2) paydo bo ‘lish mexaniz/nlari bo‘yicha — o‘z-o‘zidan tabiiy ravishda, ongli ravishda, tabiiy-tarixiy;
3) boshqaruvchanlik darajasi bo'yicha — boshqariladigan,- bo‘sh boshqariladigan, boshqarib bo'lmaydigan;
4) sotsial ta’sir obyektining funksiyalari bo'yicha — funksional va disfunksional (funksionalligi buzilgan);
5) sotsial obyekt sifatiy holatining yo'nalganligi bo'yicha — progressiv (o'sib boruvchi), regressiv (orqaga ketuvchi), neytral (betaraf, o'rtada turuvchi); '
6) obyektning sifatiy o'zgarishining intensivligi (kuchayishi va tezlashishi) bo'yicha — evolyutsiyaviy (tadrijiy) va revolyutsiyaviy (inqilobiy).
Sotsial o'zgarishlar — bu qandaydir sotsial obyektning oldingi va hozirgi holati o'rtasidagi sezilarli farqlanishlar hosil qiluvchi sotsial jarayoniar natijasidir. Sotsiologiya tarixida sotsial o'zgarishlarning umumiy sabablarini aniqlashga doir ko'plab urinishlar yuz bo'lgan. Tarixiy rivojlanish texnologik rivojlanish, sotsial ixtiloflar, integratsiyalar, moslashuvlar, g'oyalar va ilohiy kuchlar ta’siri kabilar bilan bog'liq holda yuz beradi. Nazariyalaming har birida sotsial o'zgarishlarning qandaydir omili e’tiborga olinganligi uchun ham bu sohada natijalaiga erishish qiyin kechdi. Chunki, sotsial o'zgarishlami tizimli yondashuv vositasida tadqiq etish uchun aniqlangan barcha ilmiy natijalar yig'indisi va muayyan tegishli davming lahzalari ichidan eng asosiylarini ajratib olish asosida o'rganish zarur edi. Zero, har qanday sotsial o'zgarishlar aniq tarixiy kenglik-vaqtning uzluksizligi asosida sodir bo'ladi.

Yüklə 32,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin