Sonli usullar


IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar



Yüklə 81,89 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2024
ölçüsü81,89 Kb.
#204788
1   2   3   4   5   6   7   8   9
32338 Sonli usullari 3-kurs matinj Fan dasturi

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Talaba mustaqil ta’limining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalanadi:
•ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
•berilgan mavzular bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
•Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish
•nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
•maket, model va namunalar yaratish;
•ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
•tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
•avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
•maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
•yangi jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
•talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
•faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
•masofaviy (distansion) ta’lim.
Mustaqil ish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi
1.Interpolyatsion ko‘phadlar qurishni ayrim usullari va ularning tadbiqlari.
2.Funksiyaning xatoligi, yig‘indining, ko‘paytmaning va bo‘linmaning xatoligi ularga oid misollar yechish.
3.Funksiyalarni o‘rtacha kvadratik ma’noda yaqinlashtirish (uzluksiz va diskret hollar).
4.Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini taqribiy yechish.
5.Matritsaning xarakteristik ko‘phadini topishda Danilevskiy usuli.
6.Vatarlar usuli bilan tenglamalarni taqribiy yechish
7.Chiziqsiz tenglamalar sistemasini taqribiy yechish.
8.Karrali integrallarni taqribiy hisoblash.
9.Ortogonal ko‘phadlar va ularning xossalari.
10. Hisoblash metodlari asosida amaliy matematika faning ayrim masalalarini yechish.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.


Yüklə 81,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin