Izohlar: Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilish huquqi uchun yig’im yagona hisobvaraqqa kelib tushib, kelgusida mablag’lar byudjet bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi o’rtasida taqsimlanadi. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig’im yagona hisobvaraqqa kelib tushib, kelgusida mablag’lar byudjet bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi o’rtasida taqsimlanadi.