Sohalarini qamrab olgan siyosit va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 297,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix06.05.2023
ölçüsü297,49 Kb.
#108581
1   2   3   4   5   6
maktabgacha-ta-lim-muassasasi-va-maktab-xamkorligi-yo-llari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
697
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
qobiliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida 
shakllantirilib boriladi.
Jismoniy tarbiya dasturini bajarish umumiy vazifalarni amalga oshirish bilan bir 
qatorda, bolalarda ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg„ulotlarni bajonidil 
bajarish, o„z harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. Shuning uchun 
bolaning jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o„stiruvchi harakat faolligini 
rivojlantirish kerak. To„g„ri tashkil etilgan sayr bolalarni ng jismoniy rivojlanishida 
muhim o„rin tutadi.
Tarbiyachi bolalarning normal uxlashi va ovqatlanishini ta‟minlash bo„yicha 
g„amxo„rlik qilib boradi. Ta‟lim berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti 
bolalarning bilim, malaka va ko„nikmalarni ongli egallab olishlariga erishish, 
bog„chada va maktabda ularning aqliy qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o„stirishdi 
r. MTMi va maktabning boshlang„ich sinfida qo„llani ladigan juda ko„p usullar bir xil 
bo„lib, ular bolalarning aqliy, axloqiy-irodaviy rivojlanishlarini yaxshilashga qaratil 
gan, shu bilan birga ularning yangi mazmundagi bilimlarni egallashga, amaliy 
faoliyatga, bilishga qiziqishini oshirib, o„qituvchi bilan dars jarayonida yuzaga
keladigan munosabatlar­ ning murakkabroq shakllarini egallab olishlarga yordam 
beradi.
Tarbiyachining mashug„ulotlar jarayonida bolalarning amaliy faoliyatlariga, 
bilish jarayoniga bunday raxbarlik qilishi maktab va MTM o„rtasidagi ta‟lim usulidagi 
izchillikning asosini tashkil etadi. 
Maktabdagi dars, MTMidagi mashg„ulot bir muncha o„ziga xos xususiyatlarga 
ega, shu bilan birga ta‟limning tashkiliy asosda olib borilishida esa umumiylik sezilib 
turadi. Mashg„ulot va darslarning mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq 
belgilangan vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta‟limning ilmiy asoslangan 
metod va usullaridan foydalanish, ta‟lim berish jarayonida bolalarda o„quv faoliyati 
elementlari, o„z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma‟lum maqsadga qaratilgan 
aqliy ish bilan shug„llanish qobiliyati tarbiyalab boriladi. Bular hammasi bolani 
maktab ta‟limiga faol kirishib ketishga tayyorlaydi.
Shunday qilib, MTMlari bilan maktab o„rtasida ta‟lim-tarbiya ishidagi izchillik 
bola shaxsini aniq maqsad bilan har tomonlama rivojlantirib borish imkonini yaratadi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasi va maktab o„rtasidagi aloqa ikki yo„nalishda olib 
boriladi:
1. 
Maktabgacha ta‟lim muassasasi bilan maktabning pedagoglar jamoasi 
o„rtasidagi aloqa.
2. 
Maktabgacha 
ta‟lim 
muassasasi 
bolalari 
va 
boshlang„ich sinf o„quvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.



Yüklə 297,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin