155
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
mosoma kiradi. Ayollarda jinsiy xromosomalar XX, erkaklarda –
XY-xromosomadan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, erkaklarda ikki
xil spermatozoidlar – X va Y-xromosomali spermatozoidlar hosil
bo‘ladi (53- rasm).
Ayrim jinsli ba’zi organizmlarda (masalan, ba’zi hasharotlar-
da) Y-xromosoma umuman bo‘lmaydi. Bunday hollarda erkagi-
ning xromosomalari bittaga yetishmaydi: X va Y-xromosoma-
lar o‘rnida bitta X-xromosoma bo‘ladi. Bu holda meyoz jarayoni-
da erkak gametalar hosil bo‘lib kelayotganida X-xromosomada
kon’yu
gatsiya uchun sherigi bo‘lmaydi va hujayralarning biriga
o‘tadi. Natijada, barcha spermatozoidlarning yarmisi X-xromo-
somali, qolgan yarmisi esa undan mahrum bo‘ladi. Tuxum hujayra
X-xromoso mali spermiy bilan urug‘lansa, ikkita – X-xromosoma-
si bo‘ladigan to‘plam yuzaga keladi va bunday tuxumdan urg‘ochi
orga
nizm rivojlanib boradi. Tuxum hujayra X-xromosoma yo‘q
spermiy bilan urug‘lansa, u holda bitta X-xromosomasi bo‘lgan or-
ganizm bunyod ga keladi, u erkak bo‘lib chiqadi.
Shu bilan birga, tabiatda jins belgilanishining boshqa turi ham
borki, u urg‘ochi jinsning geterogametali bo‘lishi bilan ta’riflana
-
di. Bu o‘rinda yuqorida ko‘rib o‘tilgan munosabatlarning teskarisi
bo‘ladi. urg‘ochi jinsga har xil jinsiy xromosomalar XY-xromosoma
Dostları ilə paylaş: