Sirli zafaron o'simligi va uning dorivor xususiyatlari ho’sinova Gulasal



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#157253
1   2   3   4
sirli-zafaron-osimligi-va-uning-dorivor-xususiyatlari

Shavkat Mirzayev 
Qadimiy xalqlar dasturxoni bezagi, ziravorlar sultoni, bir urug’palli o’simliklar sinfi 
Gulsafsardoshlar 
Iridaceae
oilasi vakili bo’lgan beqiyos hidga va ta’mga ega bo’lgan za’faron 
o’simligi O’rta yer dengizining noma’lum turidan kelib chiqqan deb tahmin qilinadi. Za’faron – 
crocus sativus
o’simligi uchta gomologik xromosomalar yig’indisini o’zida jamlaganligi (24 ta 
xromosoma) va har bir xromosoma to’plami o’ziga xos shaklga va hajmga ega ekanligi sababli 
uni urug’idan ko’paytirish imkoni mavjud emas. Za’faron piyozchalari orqali vegetativ usul 
orqali ko’paytiriladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Juda erta asrlardan tabiblar za’faron o’simligini tinchlantiruvchi, og’riq qoldiruvchi 
vosita sifatida qo’llab kelganlar. Buyuk ajdodimiz Ibn Sino za’faron haqida: «…Burishtiruvchi 
va erituvchidir. Bunda burishtirish va yelimlar xususiyati bo‘lganidan yetiltiruvchi hamdir. 
Issiqligi mo’tadil bo‘lib, tiqilmalarni ochadi: Sasishni tuzatib, ichki a’zolarni kuchaytiradi. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
204 
Za’faron ichish rangni chiroyli, ko‘zni ravshan, yurakni quvvatli qiladi. Balg‘am ko‘chishini 
osonlashtiradi va nafas a’zolarini kuchli qiladi». 
Kundalik ovqat tarkibiga o’simlik ziravoridan solish orqali aqliy faoliyatni faollashtirish, 
terlashni pasayishiga erishish, ishtahani yaxshilash, ovqat hazm qilishni yaxshilash va 
metabolizmni jadallashtirishga erishish mumkin. Muntazam ravishda za’faronli choydan ichib 
borish jigar va buyrakni tozalanishiga va ish faoliyatini yaxshilanishiga, jigar sohasidagi 
shishlarni qaytishiga ko’mak beradi. Hatto za’faron suvini asal bilan qo’shib tayyorlangan 
darmon yordamida buyrak va o’t qopidagi toshlarni erishiga ham guvoh bo’lishimiz mumkin.
Za’faron o’simligidan tayyorlangan damlamani doimiy qabul qilish bosh og’riqlari, yurak 
va jigar sanchiqlarini kamayishiga va qolib ketishiga olib keladi. Organizmda serotonin garmoni 
ishlab chiqarilishini jadallashtirganligi sababli xursandchilik kayfiyatini hosil qiladi va yurak 
siqilishi, g’ashlikni ketkazadi. Stress holatidan chiqishga yordam beradi, miyadagi turli hayollar 
va qo’rquv, vasvasa holatlarini bosilishiga sabab bo’ladi. Za’faron tarkibida eng muhim biologik 
faol moddalardan krosetin va glikozid krosein mavjudligi sababli tezda so’riladi va miya, qon-
tomirlar tiqinlarini ochadi, qotib qolgan qonlarni eritadi, natijada qon bosimi mo’tadillashadi, 
umumiy tana qon aylanishi yaxshilanadi, miyaga toza qon va kislorodning yetib borishi 
qulaylashadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin