Щзбекистон республикаси ыишлоы ва сув хщжалиги вазирлиги


Bajarilgan ish sifatini baholash va nazorat qilish



Yüklə 258,55 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü258,55 Kb.
#167539
1   2   3   4   5   6   7   8
Курс иши КХИЧМ (Лотин) 24.01.2023й (2)

Bajarilgan ish sifatini baholash va nazorat qilish.

Talaba mazkur bo‘limda o‘zining topshiriqda berilgan ishlab chiqarish jarayonini bajargandan keyin uning ish sifatini baholash va nazorat qilish tadbirlarini yoritib beradi. Bunda mashina-traktor agregatining texnologik jarayonni bajarayotganda ularning ishini baholash uchun turli ko‘rsatkichlarni hisobga oluvchi tizimli yondashishdan foydalaniladi [3].


Ishlab chiqarish jarayonlari ish sifatini tahlil qilish va baholash usullarini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi mashinalaridan ishlab chiqarish va texnik foydalanishdagi muammolar, ulardan foydalanish qoidalari, foydalanish jarayonlarini tahlil qilish va baholash va texnik foydalanishdagi muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalari yoritilishi kerak.
5. Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari.

Qishloq xo‘jalik agregati bo‘yicha texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish ahamiyatini, ish paytida nimalarga amal qilinishini, texnikadan foydalanish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tish muhumligini, texnikalar yaqiniga faqatgina havfsizlik texnikasi yuriqnomasidan o‘tgan shaxslarning ishlashiga ruxsat etilishini, inson salomatligiga putur yetkazuvchi xavflarning oldini olish uchun nima ishlarni qilish kerakligini har-bir talaba o‘zining topshiriqda berilgan texnikasi bo‘yicha hafvsizlik qoidalarini yoritib beradi.


6. Xulosa va tavsiyalar

Kurs ishining xulosa va tavsiyalar qismida ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan kamchiliklar ishni bajarish sifatiga qo‘yiladigan agrotexnik talablar bilan taqqoslanadi va farqlari tahlil qilinadi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilganligi to‘g‘risida xulosa va tavsiyalar beriladi.



  1. Kurs ishini shakllantirish bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar

Kurs ishini shakllantirish bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar quyidagilardan iborat:


Kurs ishi standart A4 varag‘idagi yozuv qog‘ozlarida bajariladi. Yozuv matni qismi shunday joylashtiriladiki unda chap tomondan 30 mm kenglikda tikish uchun joy bo‘lishi, o‘ng tomondan esa 10 mm, yuqori va pastdan 20 mm joy qoldiriladi.
Ishda harflarning belgilanishi 14 shirifda 1,5 intervalda bo‘lishi va ixtiyoriy ravishda so‘zlarni qisqartirilishi bo‘lmasligi kerak.
Har xil qiymatlarning keltirilgan o‘lchov birliklari GOST talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
Tushintirish yozuvi quyidagilardan iborat. Ishning boshida uni zarvarag‘i (1-ilova) va uni bajarish bo‘yicha topshiriq (2-ilova) ko‘rsatilgan shaklda rasmiylashtiriladi. So‘ngra so‘zboshi (annotatsiya) va ishning mazmuni va tarkibiy qismlari joylashtiriladi.
Ishning zarvaraqida quyidagilar keltiriladi: vazirlik, oliy o‘quv yurti, fakultet va kafedraning nomlanishi, mavzuning nomi; bajaruvchi va rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi. Zarvaraqning pastki qismida loyihaning bajarilgan joyi va yili ko‘rsatiladi.
Barcha jadvallar, sxemalar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa materiallar nomlanishi va tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak.
Yozuv matnida ishda foydalanilgan ilova va adabiyotlarga ko‘rsatma berilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ishning oxirida joylashtiriladi.
Kurs ishi bajarilib bo‘lishiga qarab himoyadan bir hafta oldin rahbarga topshiriladi. Ishga rahbarning taqrizi va uni himoyaga qo‘yishi haqida imzosi olingandan keyin u tugallangan hisoblanadi.
Himoyaga tayyorlangan ishning grafik qismlari (zarvaraq, topshiriq, jadval, chizma, tavsiya va xulosalar) slaydlar ko‘rinishida tayyorlanadi va ma’ruza paytida foydalaniladi.
Himoyaga ruxsat etilgan ishlar kafedra tomonidan tasdiqlangan hay’at oldida ma’ruza qilinadi.

Yüklə 258,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin