Shveysarlar Bagaj tashuvchilar



Yüklə 21,72 Kb.
tarix31.03.2023
ölçüsü21,72 Kb.
#91835
1-Mavzu sheytsar texnologiyasi


Mehmonxonada qabul qilish va joylashtirish ishlari bilan shug’ullanuvchi mehmonxona kommanda punkti FRONT OFFICE tarkibiga kiritiladi. Front office asosan mehmonxona yuzi hisoblanadi. Mehmonxonaga tashrif buyurgan mehmon mehmonxona haqida dastlabki ma’lumotni shu joydan oladi va mehmonxonada yashash muddati tugagan mehmon ham shu joydan turib kuzatib qo’yiladi.
Front office tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  1. Shveysarlar

  2. Bagaj tashuvchilar

  3. Telefon operatorlar

  4. Mehmonlar bilan ishlash menejeri

  5. Kassir

  6. Bronlash xizmati vakillari

Qabul qilish xizmatida faoliyat yurituvchi xodimlar asosan nomerlar haqida axborotlarni to’liq bilishi, mehmonxonadagi barcha xizmat ko’rsatish soxalarini to’liq bilishi va mehmonxona joylashgan shahardagi diqqatga sazovor joylar, moliyaviy va ijtimoiy infrastrukturalar haqia ma’lumotga ega bo’lishi lozim.
Qabul qilish va joylashtirish servis xizmatining asosiy vazifasi-kelgan mehmonlarni qayd qilish, ularni nomerlarga taqsimlash va joylashtirish, mijozlarni ketadigan aniq vaqtini belgilash va nomerlarda ko’rsatilagan qo’shimcha xizmatlarni qayd etib borishdan iborat.
Front officeda mijozlar haqida ma’lumot yig’ib boriladi va saqlanadi. Shu bilan birga ular o’zlarining servis bo’yicha hamkorlari bilan muntazam aloqada bo’lishadi.
Mehmonxona qabul qilish va joylashtirish xizmatida klerklar, konserjlar, shveytsar va pajlar xizmat qiladilar.
Shveysarlar mehmonxonaga tashrif buyurgan mehmonlarga peshvoz chiqib, kutib olishadi, bunda ular mehmonlarga eshik ochishadi, ochiq chehra bilan salomlashishadi, mehmonlar yuklarini tushirishga yordam beradi, yuklarini qo’riqlaydi va hammolga uzatadi. Zarur hollarda taksi chaqiradi, mehmonlar avtomobillarini joylashtirishga rahbarlik qiladi. Hammollar yuklarini o’z navbatida nomerlarga yetkazib beradi. Shu bilan birga ular mehmonlarga shahar haqida axborot berishlari mumkin.
Yuqori kategoriyali mehmonxonalarda qo’shimcha ravishda KLERKLAR ham faoliyat yuritadi.
Klerklar- bu yuqori saviyali psixologlar bo’lib, ular chet tillarini mukammal biladi, hama mehmonlarni kutib olish va ular uchun ko’ngil ochar dasturlarni ishlab chiqadi va o’tkazish vazifalarini bajaradilar. Ular mehmonlarni qabul qilishda kutib olish, rasmiylashtirish, nomerlarga joylashtirish jarayonlarida ular bilan muloqot olib boradi. Mehmonlarni hohish istaklaridan kelib chiqqan holda ularni kuzatib qo’yish ishlarini olib boradi.
Konserjlar- mehmonxonada teatr va muzeylarga chiptalarni bronlash, mehmonlarni aeroportdan olib kelish va olib borib qo’yish, ular uchun avtomobillarga buyurtma berish ishlarini amalga oshiradi. Shu bilan birga u mehmonxona shveytsari (DOORMAN), yuk hammollari (PORTER), pajlar (BELLMAN) va liftchilar ishlarini muvofiqlashtiradi ya’ni nazorat qiladi.
Pajlar- mehmonni nomerga olib boradi, ularni yuklarini ko’tarishga yordam beradi. Nomerlarning mehmonni qabul qilishga tayyorligini tekshiradi, nomerlar jihozlaridan foydalanish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Pajlar mehmonxona direktorining ko’zi va qulog’i hisoblanadi. Ular kundallik voqealar haqida mehmonxona direktoriga axborot yetkazib berish vazifasini bajaradi.

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Qabul qilish bo’limida qanday xodimlar xizmat ko’rsatadi ?

  2. Shveytsarning vazifalari nimalardan iborat ?

  3. Pajlar qanday vazifani bajaradi ?

Yüklə 21,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin