KOMMUTATORDA PORT XAVFSIZLIGI (PORT SECURITY) NI SOZLASH Ishdan maqsad: Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning “portsecurity” funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo’lish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MACmanzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. Bundan tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini cheklashga imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi (2.1-rasm.).
1.Topologiyani tuzub oldik va kompyuterlarga ip address berib chiqdim .