Shinalardagi havo bosimini markazlashtirilgan holda rostlash tizimi



Yüklə 11,04 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü11,04 Kb.
#194403
Shinalardagi havo bosimini markazlashtirilgan holda rostlash tizi~


Aim.uz

Shinalardagi havo bosimini markazlashtirilgan holda rostlash tizimi.

R E J A.




  1. Shinalardagi havo bosimlari haqida.

  2. Rostlash tizimi.

  3. Havo bosimlarini o’lchash.

O'ta og'ir sharoitlarda ham yura oladigan yuk avtomobillarida (ГA3 -66, ЗИЛ-131 va boshqalar) g'ildiraklar shinalaridagi havo bosimini markazlashgan holda rostlash tizimi ishlatiladi. U tuprog'i bo'sh yo'llardan harakatlanishda havo bosimini kamaytirish hisobiga avtomobiining yura olishini oshirishga imkon beradi. Havo bosimini o'zgartirish haydovchi tomonidan bevosita kabinadan turib amalga oshiriladi. Bunda shinaning yo'l sirti bilan tutashish maydoni ko'payadi, solishtirma bosim kamayib avtomobiining yura olishi ortadi. Yo'lning og'ir qismi bosib o'tilgandan so'ng haydovchi yana shinadagi






108-chizma. Shinalardagi havo bosimini markazlashtirilgan holda rostlash tizimining shakli: a-tizim chizmasi; b-bosimmni krani. 1-kompressor; 2-bosim rostlagich, 3-havo balloni; 4-saqlagich klapan; 5-manometr; 6-boshqarish krani; 7-naychalar; 5-boshqarish kranining korpusi; 9-manjetlar; 10-vtulka; 11-gayka; 12-zolotnik.
bosimni ko'paytiradi. Bosimni manometrga qarab kuzatgan holda va belgilangan chegaralarda ushlab turadi.
Rostlash tizimiga havo, ГA3- 66 avtomobili dvigatelidan harakatga keltiriluvchi kompressordan kirib keladi (108-chizma, a). Havo bilan sovitiladigan bir silindrli porshenli kompressor (1 ), ikkita ponasimon tasma vositasida, tirsakli valdagi shkivdan harakatlantiriladi. Kompressorga tutashtirilgan bosim rostlagich (2), kompressor hosil qilayotgan havo bosimini 0,5 – 0,55 MPa oralig'ida bo'lishini ta'minlaydi. Ballondagi
(3) saqlagich klapanining (4) ishga tushish bosimi 0,6 MPa ga rostlangan.
Zolotnik turidagi boshqarish krani (6), ballondagi siqilgan havoni shina kamcralariga yuborish hamda ularni atmosferaga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. U korpusdan (8), uning ichiga joylashgan zolotnikdan (12), ikkita rezina manjetdan (9), vtulka (10) va gaykadan (11) iborat. Zolotnik kran o'qi bo'ylab surila oladi va o'zidagi halqasimon o'yiq bilan 108-chizmada strelkalar asosida ko'rsatilganidek qilib, kranning havo haydaydigan bo'shlig'ini naychalar (7) orqali g'ildirak kameralariga va manometrga (5) ulaydi yoki kameralardan havoni atmosferaga chiqarib yuboradi. Ko'prik to'siniga o'rnatilgan naycha-lardan havo, g'ildirak bilan birga aylanayotgan kameraga, havo o'tadigan bo'shliq hosil qiluvchi salniklar bloki orqali yuboriladi, ulardan o'tgan havo yarim o'qdagi teshikdan shina kraniga va undan g'ildirak kamerasiga kirib keladi. Shina krani har bir g'ildirakka o'rnatilgan va zarur paytda shinalarni rostlash tizimidan uzib qo'yishga imkon beradi. Masalan, avtomobil uzoq vaqt to'xtab turganda.
Tayanch iboralar: o’ta og’ir sharoitlarda, markazlashgan holda rostlash, haydovchi tomonidan boshqariladi, tutashish maydoni ko’payadi, monometr, kompressordan kirib keladi, havo bosimi 0,5-0,55 MPa, boshqarish klapani.

NAZORAT SAVOLLARI





  1. Shinalardagi havo bosimi nima uchun kerak?

  2. Yengil va yuk avtomobillarining shinalaridagi bosim farq qiladimi?

  3. Yo’l-yo’lakay (to’xtamasdan) shinalarga havo yuborish qanday amalga oshiriladi?

  4. Rostlash tizimi havoni qaerdan oladi?


Aim.uz



Yüklə 11,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin