Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash



Yüklə 400,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.03.2023
ölçüsü400,66 Kb.
#90683
  1   2


1-MA’RUZA: DISKLARGA XIZMAT KO’RSATUVCHI DASTURLAR: 
SHIKASTLANGAN FAYLLAR VA DISKLARNI TIKLASH 
REJA: 
1. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
2. Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash
Qattiq diskni himoya qilishning 5 ta usuli 
Kompyuteringiz kerakli tarzda yuklanmayaptimi, va siz qandaydir g’alati 
tovushlarni eshityapsizmi, nahotki qattiq diskda joylashgan barcha ma’lumotlar 
kuyib ketgan bo’lsa? Xo’sh, siz qattiq diskni (vinchesterni) himoya qilish uchun 
nima qildingiz? Endi bu haqda o’ylashga ancha kech bo’ldi.
Qattiq diskingiz ishlashiga kafolot beruvchi uni himoya qilishning 5 ta usuli bilan 
tanishing.
1. O’z ma’lumotlaringizning rezerv (zahira) nusxalarini yarating.
Qattiq diskda ma’lumotlarni saqlashning eng yaxshi usuli – bu 
ma’lumotlarning rezerv nusxalarini yaratishdir. Shaxsiy ma’lumotlarni boshqa 
qattiq diskka ko’chirish – bu usullardan birinchisi, ammo u ancha ko’p vaqtni oladi 
va hammasini qo’lda qilishga to’g’ri keladi. Yaxshisi avtomatik rezerv nusxa 
ko’chiradigan dasturdan foydalangan ma’qul, u nusxa ko’chirishni rejalashtirilgan 
oraliqlarda bajaradi.
Bu dasturlardan biri Windows XP Home va Professional amaliyot tizimi bilan 
birga yetkazib beriladi. U Windows XP tizimi bilan avtomatik tarzda o’rnatilgan. 
Agar sizda Windows XP Home Edition bo’lsa, u holda bu dasturni Windows 
o’rnatish diskidagi “valueaddmsftntbackup” papkasida (jildida) topish mumkin. 
Rezerv nusxa ko’chirish dasturi fayllaringizning rezerv nusxasini yaratadi. Rezerv 
nusxa ko’chirish yordamida fayllarni tiklash uchun, ehtimol, Windows ni qayta 
o’rnatishga to’g’ri kelishi mumkin, shu sababli o’rnatish diskini doimo qo’l 


oldingizda saqlang. Agar siz baribir Windows ni takror qayta o’rnatishdan 
qochmoqchi bo’lsangiz, u holda siz butun qattiq diskning tasvir “Образ” ini 
yaratishingiz lozim. Buni rezerv nusxa ko’chiradigan turli dasturlar yordamida 
qilsa bo’ladi. Masalan: Clonezilla, Acronis va hokozolar.
2. Parol bilan himoyalash.
Parol bilan himoyalash va ma’lumotlarni shifrlash – ular yordamida 
foydalanuvchilar qattiq diskdagi ma’lumotlarni himoya qilishlari mumkin eng 
sodda usullardan biridir. Windows tizimida parolni o’zgartirish uchun “Пуск” 
menyusi ochiladi → “Панель управления” → “Учётные записи пользователей” 
va so’ngra quyidagi qator o’zgartiriladi “Изменить мой пароль”. Endi esa
ma’lumotlarni qanday shifrlash to’g’risida. Shuni qayd qilish kerakki, shifrlash
faqat Windows XP tizimida va NTFS fayl tizimi o’rnatilgandagina imkoniyatli
bo’ladi. Fayl yoki papkani shifrlash uchun, sichqonchaning o’ng tugmachasi
bilan o’sha faylga bosing, “Свойства” → “Дополнительно” ilovasini tanlang
va “Шифровать содержимое для защиты данных” qarshisida galochka qo’ying.
Endi sizda boshqa hech kim bu ma’lumotlarni o’qiy olmaydi. Siz menyuda yorliq 
(yarlik) yaratib, shifrlash jarayonini yengillashtirishingiz mumkin. Reestrni oching 
va “HKEY_LOCAL_MACHINESOFTWARE Microsoft Windows Current 
Version Explorer Advanced” ni tanlang. “Изменить” → “Новый” → “DWORD 
Value” ni tanlang va uni “Encryption Context Menu” deb qayta nomlang. Una ikki
marta bosing va 1 raqamini kiriting. Endi har qanday faylga ikki marta
bosilganda shifrlash va shifrlash (deshifrlash) ni bekor qilish bo’yicha vazifalar 
mujassam bo’lgan menyu ochiladi.
3. Windows tizimini qayta tiklash paneli.
Tasavvur qiling, sizning amaliyot tizimingiz ishdan chiqdi va qattiq disk 
yuklanmayapti. Nima hammasi yo’qqa chiqdi deb o’ylaysizmi? Albatta, yo’q! 
Windows XP komplektiga Windows qayta tiklash paneli (“Панель 
восстановления”) deb ataladigan kuchli instrument kiradi. Bu tizimli fayllar
va papkalarni tiklashga imkon beradi, shu tariqa siz qattiq diskingiz


ma’lumotlarini saqlashingiz mumkin. Afsuski, tizim bo’yicha (avtomatik) bu qayta 
tiklash paneli “o’chirib qo’yilgan” – ya’ni cheklangan rejimda ishlaydi. 
Cheklovlarni olib tashlash uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirish zarur: 
Windows tizimida xavfsizlikning lokal sozlanmalarini oching (“Pusk ” menyusini 
bosing → “Выполнить” → “secpol.msc” ni kiriting). Oching: “Параметры 
настройки безопасности” → “Локальные политики” → “Варианты 
безопасности” va “Панель восстановления” ilovasiga ikki marta bosing. Floppi – 
nusxa yaratishga ruxsat berishni qo’ying va barcha disk va papkalarga ruxsatni 
oching. “Позволить” ni, so’ngra esa “Ok” ni bosing. Bu siz uchun to’la ruxsatni 
sozlab beradi. Endi agar qachondir Windows ishdan chiqib qolsa, u holda “Панель 
восстановления” ni ishlating va AllowAllPaths=True” so’zini yozib kiriting. 
“Панель восстановления” ni ishga tushirish uchun disk yurituvchiga qayta yuklash
(перезагрузка) uchun “R” ni bosgan holda Windows o’rnatish diskini kiriting. 
Shundan so’ng har qanday buyruqlarni amalga oshirishingiz mumkin va kerakli
buyruqlarni bilmasangiz, kerakli buyruqlarni yuklab olish uchun “help” so’zini 
yozing.

Yüklə 400,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin