Sherov abdujabbor


Iqtisodiyot nazariyasi fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Yüklə 168 Kb.
səhifə9/9
tarix08.06.2023
ölçüsü168 Kb.
#127102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
HOZIRGI ZAMON IQTISODIYOT NAZARIYASI RIVOJLANISHINING ASOSIY YO’NALISHLARI

2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Iqtisodiy fan tarixi bilan qisqacha tanishgandan so’ng, uning predmetiga ta’rif berish mumkin. Lekin quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak.
Birinchidan, iqtisodiyot jamiyat hayotini zarur bo’lgan moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlovchi xo’jalik tarmoqlarining yig’indisidir.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlantirilishi insonlarning ehtiyojlari bilan bog’liqdir. Biz bilamizki, extiyojlarning qondirilishi yanada yuqoriroq ehtiyojlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Uchinchidan, jamiyat hayotida asosiy soha iqtisodiy sohadir, chunki uning rivojlanish darajasi inson hayotining boshqa sohalarining mavjud bo’lishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyot nazariyasining kurtaklari qadimgi davrlardayoq shakllangan. Qadimgi davrlardayoq buyuk faylasuf olimlar boylik manbaini tahlil qilishga harakat qilganlar. Aristotel boylik manbaini xo’jalik yuritish san’ati deb bilgan. Merkantilistlar esa boylik manbai savdo deb tushunganlar. Fiziokratlar esa boylik manbaini tabiat bilan bog’laganlar. Кapitalizm rivojlanishi bilan iqtisodiyot nazariyasi fani fan sifatida shakllandi.
Кlassik iqtisod maktabi vakillari esa boylik manbaini ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish va iste’molda deb bilganlar.
Ayrim iqtisodchilar iqtisodiyot nazariyasi jamiyat rivojlanishining har xil bosqichlarida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlaridan tarkib topadigan insonlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi, deb ta’kidlaydilar.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi davrida MDH davlatlari iqtisodchi olimlarining bu fan predmetiga bergan ta’riflari ham diqqatga sazovordir. Masalan, «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan predmeti rasional xo’jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyusiyasini, haqiqiy boylikni va jamyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o’sishning omillari va qonuniyatlarini o’rganadi»3 deb ko’rsatilgan, yoki bu fan «predmeti cheklangan resurslar dunyosida ne’matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o’rganadi»4 deyilgan.
«Ekonomiks» darsligida, birinchidan, cheklangan resurslar dunyosida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida

1


2


3


4.

Yüklə 168 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin